Показано материалов: 1-7
Sayt yaratishni nimadan boshlash lozim? Kimga murojaaat qilish kerak? Bunday savollar ko‘p uchrab turadi. Shulardan kelib chiqib, maqolada sayt yaratish usullarini ko‘rsatib o‘taman. 1. Professionallarga buyurtma berish. Eng oddiy usul. Bu usulda siz biror veb studiya yoki frilanserga murojaat qilasiz, saytga qo‘yildigan talablarni to‘liq aytib o‘tasiz. Ular sizga talablaringizdan kelib chiqgan holda, narxini va qanchada tayyor bo‘lishini aytishadi(arzon bo‘lmasligi aniq). Agar rozi bo‘lsangiz, pulini bir qismini(yoki hammasini) to‘laysiz va aytilgan muddatni kutasiz, sizga tayyor sayt yaratib berishadi. Kelishuvga qarab xosting va domenni ham ular olib berishadi. Avzalliklari(plyus): - veb dasturlashga oid chuqur bilimlar shart emas; - sayt professionallar tomonidan qilinganligi uchun, xatolar minimum va ishlashi bir tekisda bo‘ladi; - ancha vaqtingiz tejaladi. Kamchiligi(minus): - eng asosiy kamchiligi bu katta miqdordagi mablag‘dan voz kechishingiz kerak bo‘ladi(kimlardir bu katta mablag‘ emas albatta). Shuning uchun bu usuldan hamma ham foydalanavermaydi. 2. Tayyor sayt sotib olish. Bu usul yuqoridagi usuldan biroz farq qiladi. Bunda siz ma'lum tarixga ega, tayyor ishlab turgan saytni sotib olasiz. Sayt tarixi(foydalanuvchilar soni, sayt mavzusi) asosida narx belgilanadi. Avzalliklari(plyus): - eng asosiysi, siz tayyor sayt sotib olasiz, saytning foydalanuvchilari ham mavjud bo‘ladi, hattoki qidiruv tizimlaridan ham ro‘yxatdan o‘tgan va indekslangan bo‘ladi. Balki ma'lum darajada foyda ham ko‘rilayotgan bo‘lishi mumkin; Kamchiligi(minus): - siz uchun kerakli tayyor saytni qidirishga vaqt ketib qolishi mumkin; - saytni yuritish uchun ma'lum bir bilimlar kerak bo‘ladi; - saytni sotib olish uchun, pul kerak bo‘ladi; - aldanib qolish ehtimoli ham mavjud. 3. Bepul CMS(Content management system)lar orqali sayt yaratish. Bu usulda biror CMS(wordpress, joomla, drupal) tanlaysiz va o‘zingiz sayt yaratasiz. Sayt yaratishga ketadigan vaqt unchalik ko‘p bo‘lmaydi, shunga yarasha sifat bo‘ladi. Hozirgi kunda bu eng ommabobidir. Tayyor shablon orqali sayt yaratasiz, sayt yaratish davomida muammolar chiqib qolsa, internetda ularni yechimini topishingiz mumkin bo‘ladi. Avzalliklari(plyus): - domen va xostingdan boshqa narsaga harajat qilmaysiz; - ko‘p vaqt talab qilmaydi; - sayt yaratish sodda, bu usuldan foydalanib hatto maktab o‘quvchilari ham sayt yarata oladi: - o‘zingiz istagandek sayt yarata olasiz, bilimingiz asosida; - hosting sotib olishda ham aniq qancha miqdorda joy olish kerakligini bilasiz. Kamchiligi(minus): - ma'lum bir bilimlar(html, css)kerak bo‘ladi(kamida asosiy narsalarni bilish talab qilinadi); - havfsizlik jihatidan ancha past(oqsamoqda), har bitta tema, plagin, hattoki CMSlarni yangilab turish kerak(obnavleniya); - ma'lum bir qolipdan chiqa olmaysiz(agar professinal bo‘lsangiz, hech qanday qolipda qolib ketmaysiz). 4. Saytni o‘z qo‘lingiz bilan yaratish(0 dan). Bu usul sizga maksimal ozodlik beradi. Sizning saytingiz siz istalgancha ishlashi va istalgan joyda ishlashi mumkin. Barcha narsa sizning qo‘lingizda va sizning boshqaruvingizda. Odatda bu usul orqali saytni bir necha kishi yaratadi(dizayner, dasturchi,...). Avzalliklari(plyus): - siz erkinsiz, hech qanday qolip yo‘q; - agar o‘zigiz yaratsangiz mablag‘ sarflanmaydi(xost va domendan tashqari); Kamchiligi(minus): - ancha vaqt talab qiladi; - agar o‘zingiz qilmoqchi bo‘lsangiz, veb dasturlash, ma'lumotlar bazasi, dizaynerlik, vyorstkalarga oid bilimlarga ega bo‘lishingiz kerak; - agar ma'lum bir ish uchun odam yollamoqchi bo‘lsangiz, harajatga tushasiz. 5. O‘z konstruktoriga ega bepul xosting orqali. Bepul xosting topasiz, odatda o‘z konstruktori bo‘ladi(narod.ru, ucoz.ru, setup.ru), yoqqan shablon tanlaysiz va tahrirlaysiz, rasm va matnlar kiritasiz, shu bilan sayt tayyor bo‘ladi. Avzalliklari(plyus): - yagona avfzalligi barchasi bepul. Kamchiligi(minus):(yetarli darajada, faqat asosiylarini yozib o‘taman): - bepul xostingda imkoniyatlar chegaralangan; - asabingizga tegadigan reklama bannerlar; - uchinchi darajali domen(akmx.narod.ru); - shablonli dizayn sayt; - agar asosiy saytga biror narsa bo‘lsa, sizning sayt ham ishlamaydi, hattoki o‘z kontentlaringizni ham ololmaysiz, hammasi tugaydi. 6. O‘z konstruktoriga ega pullik xosting orqali. Bu degani xosting sotib olasiz va sizga sayt yaratish uchun bepul konstruktor beriladi. Bu xizmatlarni taqdim etadigan eskhosting.ru, hts.ru, hostland.ru saytlarni misol qilish mumkin. Shablon asosida kerakli saytni yarataverasiz. Kamchiligi(minus): - xosting olish uchun mablag‘ kerak bo‘ladi; - shablonli sayt yaratiladi. Avzalliklari(plyus): - sayt yaratishga vaqt sarflamaysiz; - reklamali bannerlar mavjud emas; - sayt ishlashida hech qanday texnik to‘siqlar mavjud emas. Sayt yaratishning asosiy usullari shulardan iborat, ma'qulini tanlab o‘z saytingizni yarating. |
Ta'limda axborot texnalogiyalari |
14-YANVARDAGI TADBIR |