menu
person

08:49:38
25-May so'ngi qo'ngiroq.
Maktabim, mana yana qoshingga
keldim. Yana poyingda tiz cho'kib,
boshim egaman. Beixtiyor
ko'zlarimda yosh qalqiydi.

25-may
yaqinlashgani sayin yil bo'yi
qiynagan sog'inch o'ti alanga ola
boshlaydi. Maktabim, buning bari
seni sog'inganimdan,
qo'msaganimdan.
Bir paytlar hayotdan xabarsiz,
soddagina farzandlaring edik. Sen
o'z donoligingni ishga solib, bizni
sekin-asta hayotga o'rgatib bording.

Katta hayotga qadam qo'yishga
tayyorligimizni bilgach esa xuddi
qushlardek bizlarni uchirma qilding.
Sen bizga ona eding, biz esa
farzanding.

Sen hayotimning bir
qismiga aylanganingda, seni tark
etishimga majbur qilding.
Mehribonim, mehringga
to'yolmadim. Qadrdonim, nega
oldinroq qadring bilmadim.
Agar kimdir yana maktabda
o'qishni xohlaysanmi desa hech
ikkilanmay ha deb javob bergan
bo'lardim.

Axir bu dunyoda maktab davriga
qaytishni xohlamagan, bolaligini
sog'inmagan, o'sha lahzalarga bir
soatga bo'lsa-da qaytishni
istamagan inson bormi bu
dunyoda!? Men ham ularning
birimanda. Tag'in bag'ringda
o'ynab-kulsam deyman.

Maktabim, qaynoq bag'ringni,
darslaringni, sinf xonamizni, hatto
imtixonlarni ham, barcha-barchasini
sog'indim.

Garchi endi sen bilan
birga bolaligimga qaytolmasam-da,
seni goh-gohida ko'rib tursam,
holingdan xabar olib tursam ham
mayli. Ayni damda shularning o'zi
ham menga tasalli beradi.

Jonajon maktabim, senga qancha
rahmatlar aytsam ham kam.
Maktabim, meni darslaring orqali
hayotga o'rgatding. Avvalambor o'z
ona-tilimni, vatanni sevishni
o'rgatding. Keyin esa
ajdodlarimizdan faxrlanishimiz
uchun tarixni o'rgatding.

Zamonaviylashgan dunyoda
zamondan orqada qolmasin deb
chet-tilini o'rgatding.

Sendan olgan
bilimlar tufayli boshqa millat vakillari
bilan muloqot qila olaman.
Maktabim, 18ming olam ichra eng
buyuk ustozim, sening
quchog'ingda yurgan kezlarimda
qalbimda adabiyotga, she'riyatga
qiziqish uyg'ondi. Shu sabab bir
qancha she'rlar bitdim. Ularning
ichida men uchun eng sevimlisi
ham bor.

Bu she'rim senga atalgan,
mehribonim. Ushbu she'rni ulg'ayib,
kattahayot sahnasida shaxdam
qadamlar bilan ketayotgan jajji
qizingning kichik sovg'asi sifatida
qabul qilsang.
Yana o'sha maktab, yana o'sha kun
Tag'inko'zim yoshlab turibman
bugun
Qalbimda shirin dard, eski bir tugun
Yoshligimdanyodgor so'nggi
qo'ng'iroq.
Maktabim, sog'indim bolaligimni,
Darslarda sho'xligim, erkaligimni,
Bilsayding mehringga tashnaligimni,
Mehringni eslatar so'nggi qo'ng'iroq.
Maktabim, yagona sirdoshim eding,
Qiynalsamirodam, bardoshim
eding,
Hayotda suyanchim yo'ldoshim
eding,
Sendan ayirgan kun - so'nggi
qo'ng'iroq.
Maktabim, muqaddas dargohsan
o'zing.

Bizga nasihatdur har aytgan so'zing.
Bizlardilbandlaring, bizlar qosh
ko'zing
Onamdan ayirma so'nggi
qo'ng'iroq.
Категория: Abuterintlar | Просмотров: 578 | Добавил: MUXLIS_94 | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]