menu
person

14:08:14
3-mavzu:-Yoshlikdagi orzular-Mardlik va Jasorat-Xiyonat
Assalomu alaykum aziz saytdoshlar! Mani ismim Bek, yoshim 19da. Bugungi mavzuyim biroz boshqacha! Birinchi mavzuyimdan keyin qancha aylansam ham baribir yana xiyonat mavzusiga kelib taqalyabman.. O'qing qiziq..
Sevgi..u nima? Insonlarning bir-biriga bo'lgan mehri, bir-biriga talpinishi, visol, hijron, shirin orzular..
Bilasizlarmi azizlar, biz yoshlar va kattalar o'rtamizda eng katta farq nima? Manimcha eng katta farq yuqoridagi keltirilgan tuyg'ularning bizda mujassamligi. Nega yoshligimizda orzularimiz ummon-ummon bo'ladi-yu
katta bo'lgach bu orzularimiz yo'qolib ketadi, nega? keling muloxaza qilib ko'ramiz. Oddiy er-xotinning bir kunini misol olaylik: Nega turmushdan oldin; "man sani qo'limda ko'tarib yuraman, barmog'ingga tikon ham kirishiga yo'l qo'ymeman"-deb vada bergan yigit nega hozir xotiniga:"xali ham suv tashimadingmi"-deb baqiradi, nega? Nega ilgari beg'ubor, shirinso'z, tovusday jiloli kelinchak nega hozir o'z jozibasini yo'qotgan, nega ilgariday shirin so'z emas, nega? Asosiy javob esa bitta: 'Hayot yumushlari'. Odamzod unga sho'ng'ib ketadiyu asta-asta orzu-umidlaridan voz kechganini ham bilmay qoladi. Hamma turmush qurishdan oldin baxtli bo'lishiga 100% ishonadi, lekin afsus taqdir sinovlariga ko'pchilik bardosh bera olmaydi. Bir-biridan zerikish, xafa bo'lish, ishonmaslik, rashk, shubha-gumon muhabbatning so'ngi bekatiga aylanadi. Naxot endi ularda sevgi yo'q, to'ydan oldin hammasi boshqacha ediku! nega bunday bo'ldi, nega?
Man bunga qizni ayblameman, asosiy ayb ikkinchi odamda.. Sevgi mard yigitlar uchun, so'zida turediganlar uchun.. Ertaklarda qahromonlar sevgisiga erishish yo'lida ajdarlar, devlar bilan olishganini ko'p bor eshitganmiz. Hozirgi real hayotimizdagi yigitlarimizning sevgisichi, ular qanday? Qizlar bilan uchrashish, tel.da gaplashish, romantik sarguzashtlar, ko'ngilxushlik..bularni yigitlarimiz joyiga qo'yishadi. Ammo ulardan jiddiyroq narsa talab qilinganda esa: Uzr sanga uylanolmiman, sharoitim ko'tarmidi; Ota-onam boshqasini topib qo'yibdi; Bizlar faqat do'stmiz o'rtamizda boshqa narsa yo'q; San boyni qizisan man esa.. Esiz yigit kishi deganda mardlik, jasorat timsoli namoyon bo'lmasmidi!
Maxallada nafaqa pulini bermagani uchun o'zining ayolini "san gapga ustasan borib janjal qilib kel" deya nomahramning oldiga janjal qilishga jo'natedigan erlarni nima deyish mumkin?, o'zi ishlamay xotini topganiga or qilmay yashayotgan erkaklarchi.. Ularni erkak deyish qiyin.
Xuddi ertaklardagi kabi sevgisi uchun tog'i, sahrolardan oshib, ajdarlarni yer tishlatedigan yigitlar hozir zamonamizda ham bormi? Xudoga shukr bunday yigitlarimiz to'lib-toshib yotibdi faqat, ular bilan olishayotgan ajdarlar yo'q! Yuqorida keltirganlarim esa hammaga ham ta'alluqli emas..(Ilgari zamonda erkagi yo'q uyda ayol kishi suv tashish uchun chelakni uydan tashqariga ostonaga qo'yar ekan, atrofdan o'tgan birinchi erkak chelakni olib ariqdan suv olib yana joyiga qo'yib qo'yar ekan..)
Xozirgi zamonamizda ko'chada qo'l ushlashib ketayotgan yigit va qizni ko'p bor uchratganmiz. Ular juda xursand, baxtli ko'rinadi ko'zimizga. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz ular kimgadir xiyonat qilmayaptimi? Qizlarning turmush qurishigacha ko'p yigitlar bilan ishqiy munosabatda bo'lishi tabiiy xolga aylangan. Lekin naxot bilishmasa axir bu bo'lajak turmush o'rtog'iga bo'lgan Xiyonatik-u! Man qizlar xaqida ortiq gapirmeman, bu G'IYBAT. Nega insonlar bir-biriga xiyonat qilishadi, nega bir-birining dilini og'ritishadi, nega? Afsus endi bu savolga man ham javob berolmeman. Mani ham boshimdan o'tgan..
19yoshli yigitning bu mavzularda so'z ochgani balki sizlarga "Erish" tuyular lekin, mani niyatim boshqa..
Aziz do'stlarim! Yuqorida keltirilgan misollar xuddi bizga ta'alluqli emasday, boshimizga tushmaydiganday go'yo. Lekin chuqurroq o'ylab ko'rsak 70% tushish ehtimoli ko'proq. Aziz dindoshim kelajagimiz haqida xozirdanoq qayg'uraylik, yahshi odam bo'lishga intilaylik. Sevishgan qalblar bir-birimizga ozor bermaylik, bir-birimizning qadrimizga yetaylik. SEVISH VA SEVILISH XAMMAMIZGA NASIB ETSIN!
Категория: Qalb navolari | Просмотров: 642 | Добавил: Bek_5005
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]