15:04:29 AQSh 10 dollarlik kupyuralarni ishlab chiqarishni to‘xtatdi | |
Plastik kartochkalarning keng tarqalishi hamda naqd pulli hisob-kitoblar hajmining kamayishi natijasida AQShda 2010-yilda naqd pul banknotalarini chop qilish sezilarli darajada pasaydi. "The New York Times” gazetasining yozishicha, o‘tgan yili mamlakat moliya vazirligi tarixda ilk marta 10 dollarlik kupyuralarni ishlab chiqarishdan voz kechdi, 5 dollar qiymatdagi banknotalarni chop qilish hajmi esa so‘nggi 30 yil ichida eng past natijani ko‘rsatdi. Gazetada berilishicha, amerikaliklar tovar va xizmatlar haqqini to‘lash uchun ko‘proq kredit kartochkalardan foydalanishmoqda. Masalan, 2010-yilda Nyu-York shahrida 36 foiz holatda taksi haqqi naqd pulsiz hisob-kitob shaklida to‘langan. Xatto, Manxattendagi ko‘pchilik restoronlarda taomlar menyusida "Faqatgina bank kartalarini qabul qilamiz” degan yozuvlar paydo bo‘lgan. Mayda kupyuralar, eng avvalo, choy puli sifatida ishlatilmoqda xolos. Biroq, gazeta tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘pchilik tahlilchilarning bergan javoblariga ko‘ra, naqd pulli hisob-kitoblar amerikaliklar uchun odatga aylanib qolgan, shuning uchun ham ular yaqin 200 yil ichida muomalada bo‘ladi. Bundan tashqari, AQShda kichik biznes sohasida hisob-kitoblar kredit kartochkalardan ko‘ra ko‘proq naqd pul shaklida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 100 dollarlik kupyuralar AQShning o‘zida ham, boshqa xorijiy mamlakatlarda ham eng ko‘p tarqalgan. 2010-yilda mamlakat moliya vazirligi tomonidan tarixda ilk bora 1 dollarliklardan ko‘ra ko‘proq 100 dollarlik pullar chop qilindi. Sobiq prezident Benjamin Franklinning tasviri tushirilgan pul birligiga bo‘lgan talab so‘nggi 20 yil ichida 7 milliard banknotani tashkil qildi. Hozirda AQSh tashqarisida muomalada bo‘lgan 100 dollarlik kupyuralarning asosiy qismi Rossiya, Xitoy, Turkiya va Yaqin Sharqda to‘plangan. Joriy yilning mart oyida AQShda muomalada bo‘lgan banknotalarning jami qiymati ilk marta 1 trillion dollardan oshib ketdi. Gazetaning izohlashicha, bu voqea 100 dollarlik banknotalarga bo‘lgan talabning keskin ortib ketishi natijasida yuz bergan. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 417 | | |