menu
person

19:31:42
ASAKA BANK MIJOZLARIGA XAQIQIY XAZIL
ASAKA BANK mijozlariga
xaqiqiy xazil.

Bir kun do'stim Matmusa chuqur
o'yga tolibdi,
Barcha dono fikrini bir mezonga
solibdi.
"Xozir men ham biznesmen,
omad quvgan bolaman.
Ish joyimda maoshni juda katta
olaman.

Yana buning ustiga oylik oshgan
o'tgan oy,
Xammasini bir olsam, qay
cho'ntakka solaman?
Men xam endi boyvachcha
bolalardek bo'layin,
"ASAKA BANK" plastik so'm
kartasin olayin.
Uch foizdan har oyda foyda
zarar qilmaydi,
Eng muhimi, xotinim pul olganim
bilmaydi!
Bir million bo'lsa ham cho'ntakka
joy bo'ladi
Agar naqd pul bo'lsa bormi,
somon qopga to'ladi.
Buni kazo kazolar "Avtoritet"
deyishar
Matmusaning kimligin ana
shunda bilishar".
Shu xayolda Matmusa "so'm
kartochka" olibdi,
Barcha oylik maoshin shu
xisobga solibdi.
Pul ko'payib xisobda yurar og'zi
quloqda.
Biroq, tinglang, xangomaning
eng qizig'i bu yoqda:

Endi do'stim Matmusa
choyxonaga bormaydi,
Sababi choyxonada "so'm
kartochka" olmaydi.
Bankomatda naqd pul yo'q,
kassir bola avraydi,
Uyga borsa xotini pul bering deb
javraydi.
Ichmay qo'ydi aroq ham, nos
xumori qilmaydi,
Axir oddiy nosfurush terminalni
bilmaydi.
Kartochkada mablag'i kundan
kunga oshadi,
Lek qarzdor xammadan, sabr
kosa toshadi.
Xullas do'stim Matmusa pul
topolmay netadi?
Tashlab bola chaqani Toshkent
tomon ketadi!
Shunday qilib Matmusa boy
bo'libdi nixoyat,
Aytib bersam yo'lini, bo'lar yangi
xikoyat. :D :D
Прикрепления: Rasm 1
Категория: sms sherlar | Просмотров: 386 | Добавил: Captiva | Теги: ASAKA BANK MIJOZLARIGA XAQIQIY XAZI
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]