12:29:20 «Ato» «Mehribonim»ga klip ishlayapti! | |
"Ato" guruhi yigitlari hozirgi kunda radioto'lqinlari orqali jaranglab turgan o'zlarining "Mehribonim" nomli so'nggi taronalariga klip suratga olish ishlari bilan ovora. 18-19 may kunlari mazkur qo'shiqqa klip suratga olinishi rejalashtirilgan. Klipni Botir Mamatillaev suratga tushiradi. Shuningdek, guruh a'zolari "Mehribonim" taronasining remix talqinini ham yaqin kunlarda taqdim etishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar. Yana bir ajoyib yangilik esa "Ato" guruhidan duet tarona bo'ladi. Biroq, hozircha mazkur duet taronaga oid barcha savollar ochiq qolmoqda. Qo'shiq kim bilan ijro etilishi hozircha sir saqlanmoqda. Darvoqe, "Mehribonim" klipini eng birinchi bizning portal orqali ko'chirib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Shunday ekan biz bilan birga qoling! Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 443 | | |