menu
person

10:26:50
Barchamiz uchun birdek taalluqli...
Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko`p...

Yoz mavsumlarining birida kuchli qurg’oqchilik avj olib kichkinagina qishloqdagi ekin-tekinlarga tahdid sola boshlaydi.

Jaziramali bozor kunlarining birida qishloq imomi jamoat ahliga qarata shunday deydi: "Bizni yomg’ir duosidan boshqa hech narsa qutqara olmaydi. Uyga boring, duo qiling, ishoning va kelasi yakshanba tangri yomg’ir yuborgani bois rahmat aytishga tayyor bo`lib keling".

Odamlar o`zlariga tayinlangan vazifalarni ado etib, keyingi yakshanba kuni aytilgan joyga to`plandilar. Ammo imom ularni ko`rishi bilan jahl otiga minib:

- Bugun duo qilmabsiz. Demak, hali ham yetarlicha ishonmayapsiz, - deydi.

- Iya, - deb e'tiroz qiladi odamlar, - duo qildik va chindan ham ishonyapmiz.

- Ishonyapsizmi? - deb so`raydi imom, unda soyabonlaringiz qani?

Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko`p. Bu insonlar umr bo`yi istak va duolarining ijobat bo`lishini umid qiladi, lekin aslida ro`yobga chiqishini kutmaydi. Ba'zilar bo`lsa, orzulari va istaklarining amalga oshishini kutadi. Umrlarining boshidan to so`ngggi nuqtasigacha har on go`yoki bir hodisa yuz berishi mumkindek, hozirlik ko`rib yashaydi. Bugun orzu qilganingizga yetish uchun nelar qilmoqchisiz? Tilaklaringizning ijobat bo`lishi hamda natija berishi uchun harakat qilyapsizmi?

Unda soyaboningizni unutmang!!!
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 468 | Добавил: PANTERA_7 | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]