22:09:03 BAYRAMLARGA MUNOSABATINGIZ QANDAY? | |
BAYRAMLARGA MUNOSABATINGIZ QANDAY? 1. Sizning sevimli bayramingiz? A. Tug'ilgan kunim; V. Yangi yil; S. Konstitusiya kuni. 2. Siz uchun bayramlardagi eng muhim hodisa nima? A. Sevimli qarinloshlarim va do'st-birodarlarimga sovg'a berish; V. Sovg'alar olish; S. Men uchun bayramlarda hech qanday muhim hodisa yo'q. 3. Bayramlarni qayerda nishonlashni yoqtirasiz? A. Yaqin insonlarim bilan o'z uyimda; V. Mehmondorchilikda; S. Mehmonlarsiz, yolg'iz o'zim, uyimda. 4. Do'stingizning tug'ilgan kuniga sovg'a harid qilishda Siz: A. Sovg'ani shahsan o'zim tanlayman; V. Atrofdagilar bilan maslahatlashib va ularning tavsiyasiga ko'ra harid qilaman; S. Bu vazifani biron-bir do'stimga yuklayman. 5. Deylik, Siz bayramni mehmondorchilikda nishonlayatgan edingiz. Qarasangiz, mehmonga Siz yoqtirmaydigan bir odam ham kelibdi. Siz: A. Unga ahamiyat bermaslikka harakat qilasiz; V. Uning jig'iga tegishga yo'llarini izlaysiz; S. Bayramni tashlab, uyingizga ketasiz. 6. Faraz qiling, Sizni bir kunning o'zida ikkita mehmondorchilikka taklif qilishdi. Siz: A. Bir chorasini topib, ikkala mehmondorchilikka ham boraman; V. Mening nazarimda quvnoqroq bo'ladiganiga boraman; S. Kim birinchi taklif qilsa, o'shanikiga boraman. 7. Bayram dasturxoni ustida o'tirganingizda musiqa yangradi va hamma raqsga tushish uchun o'rnidan turdi. Siz esa raqsga tushishni umuman bilmaysiz. Shunday vaziyatda Siz nima qilgan bo'lardingiz? A. Joyimdan qo'zg'almay, sokin musiqa yangrashini kutib o'tiraveraman; V. Bayram tugagunicha xech kim bilan raqs tushmay, joyimda o'tiraveraman; S. Qo'limdan kelganicha o'rtaga tushib o'ynayveraman. 8. Bayramlarning ko'proq nimasi Sizga yoqmaydi? A. Ularga tayyorgarlik ko'rish: juda ko'p mehnatni talab qiladi; V. Bayram tugagandan so'ng uyni tozalash; S. Bayramlarning tez tugashi. 9. Mehmondorchilikda qanchalik uzoq vaqt ushlanib qolasiz? A. Iloji boricha uzoqroq, menga desa shu yerda yotib qolardim; V. Xamma bilan bir vaqtda ketaman; S. Ma'lum bir vaqtni belgilab qo'yaman va aynan shu soatda ketaman. 10. Vaqtichog'lik qilishni bilasizmi? A. Agar bayramdan oldin hech kim ataylab kayfiyatimni buzmasa; V. Vaqtichog'lik qilishimda xech narsa menga to'sqinlik qilolmaydi; S. Qo'limdan kelganicha vaqti chog'lik qilaman-u, afsuski har doim ham natija men kutganimdek chiqmaydi. Natijalarni quyidagi jadvalga qarab hisoblab chiqing va o'zingizga to'g'ri keladigan javobni tanlang. savol A V S 1 3 2 1 2 1 3 0 3 3 2 0 4 2 3 1 5 3 1 0 6 1 2 3 7 2 0 3 8 0 1 3 9 1 3 0 10 1 3 2 0dan 10 ballgacha. Siz uchun bayramning oddiy kundan farqi yo'q. Hayriyatki, Sizga o'hshaydiganlar oramizda kam uchraydi. Siz mehmondorchilikka kamdan-kam borasiz. Buning birinchi sababi erinchoqligingiz bo'lsa, ikkinchisi – Sizni mehmonga chaqirishmaydi ham. O'zingiz o'ylab ko'ring, kim bayram kuni o'z uyida burchakka berkinib olib, toki marosim tugagunigacha ho'mrayib o'tiradigan odamni ko'rgisi keladiq Hayotda vaqti-vaqti bilan hordiq chiqarib turish ham kerakligini unutmang. 11dan 23 balgacha. Siz uchun bayram – turmush mashmashalarini biroz bo'lsa ham unutib, ozgina dam olish usuli. Uyingizga tez-tez mehmonlar keladi, o'zingiz ham mehmondorchilikda bo'lib turasiz. Mehmondorchilikda ham o'z me'yorini bilib vaqtichog'lik qilasiz. Bayram oldi va keyingi yumushlar ham Siz uchun unchalik katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Sizdek inson uchun eng asosiysi, yaxshi bayramdan qolgan shirin xotiralar. | |
Категория: Test tanlovlari | Просмотров: 437 | |