menu
person

13:30:56
"Dilshox" guruhi xaqida
Maqolaning mavzusini o'qib, hayron bo'lishingiz mumkin. Biz bejizga sog'inish navbati demadik. Shou biznes olamiga o'zlarining "Sog'indim" nomli taronalari bilan kirib kelgan bu ikki ijodkorimiz, hozirda tinmay ijod qilishmoqda. Demak guruh bilan yaqinroq tanishib olamiz.

Elyor T: Nima sababdan guruh nomi aynan "DILSHOX"?

Dilshox: Ismimizning boshidan tuzilgan. DIL va SHOX.

Elyor T: San'at olamiga kirib kelishingiz haqida biroz to'xtalsak...

Shox: San'atga yoshlikdan qiziqishim katta bo'lgan, boshqa kasbga unchalik qiziqish bo'lmagan. Shu sababli barcha tadbirlarda, bayramlarda qo'shiq kuylardim. Estrada Sirk kollejiga o'qishga kirganimdan keyin avvaliga san'atga kirishimga qarshi bo'lgan oila a'zolarim ham rozilik bildirishgan. Yoshligimdan maqsadim qachon bo'lsa ham qo'shiqchi bo'lish bo'gan. Shu maqsad orqali guruh tashkil qilindi. Guruh tashkil qilingunga qadar, bir o'zim tadbirlarda qo'shiq kuylab yurganman.
Dil: Yoshligimdan sportning Taekwando hamda musiqa yo'nalishiga qiziqganman. Oyijonim sportga qatnashimga qarshilik bildirganlaridan so'ng, musiqa maktabiga olib borsez sportni tashlayman deb so'z berganman. Bu voqeadan so'ng musiqa maktabiga Akkordion o'rganish uchun o'qishga kirganman. U yerda xor jamoasiga qatnashib eng yaxshi qo'shiq kuylovchilar safiga qo'shilganman va o'qituvchim ham qo'shiq kuylashni maslahat berganlar. Shu shu musiqaga qiziqish yanada ortib, Estrada Sirk kollejida Xonandachilik yo'nalishiga o'qishga kirganman. O'qish paytida "DILSHOX" guruhi tashkil qilindi.

Elyor T: Guruhning kelajakdagi rejalari qanday?
Dilshox: Kelajakdagi rejalarimiz xalqimiz sevib tinglaydigan guruh bo'lish va ularni qalbidan chuqur joy egallash, xalqning dardini kuylash va katta saxnalarda konsert berish. Eng asosiysi barchani ko'nglidan joy oladigan qo'shiqlar yaratish. Eng asosiy rejalarimiz shular


Guruh bilan ham tanishib oldik, endi esa "DILSHOX" guruhining qo'shiqlarini ko'chirib olib, o'z fikringizni yozib qoldiring.Sizning fikrlaringiz guruh ijodkorlarini befarq qoldirmaydi
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Просмотров: 554 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]