menu
person

10:55:57
dugonamga ketgan baxtim

orzuim deb topgan baxtim
sevaman deb yurgan baxtim

lek so`zlari yolg`on ekan
meni baxtsiz qilgan baxtim

Yuragimda qolgan baxtim
dardlarimni olgan baxtim
menga emas dugonamga
sevgi izhor qilgan baxtim

Yo`lida zor bo`lgan baxtim
qalbiga ko`z tikkan baxtim
ammo meni nohaq ayblab
qo`lida xor bulgan baxtim

Qadrimni yer qilgan baxtim
mehrimni yer qilgan baxtim
sevgisiga vafosi yuq
dugonamga ketgan baxtim

Ko`zlarimni nam qilgan baxtim
ko`nglimni g`am qilgan baxtim
ishonchimga ishonmay
o`zgalarga boqqan baxtim

Sirlarimni bilgan baxtim
bilib turib kulgan baxtim
azoblarga duchor aylab
o`zi xursand bulgan baxtim

O`zgaga baxt bergan baxtim
quvonchdan taxt bergan baxtim
dugonamga sevgi aylab
meni baxtsiz qilgan baxtim

Orzu qilib topgan baxtim
umid bilan kutgan baxtim
endi o`zga choram xam yo`q
menga armon bo`lgan baxtim

Ne bo`lsa xam baxt tilayman
mendan kechib ketgan baxtim
muxabbatdan taxt tilayman
dugonamga ketgan baxtim
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 498 | Добавил: malishka_angel
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]