menu
person

12:36:16
~~~Dunyoda hech narsa tasodif emas~~~
Chekka qishloqda bir sodda, rostgo'y yigit yashagan ekan. Yoshligidan qiynalib, o'zini har ishga urib, halol pul topib kelar ekan.
Kunlar o'tib, u ulg'ayib, ko'rkam, kelishgan yigit bo'libdi. Ayni shu paytda uning sevgilisi ham go'zal qiz bo'lib ulg'ayibdi. U qiz shaharda boy oilada dunyoga kelgan ekan.
Bir kun kelib taqdir ularni uchratishini hayollariga ham keltirishmagan. Kunlarning birida yigit bilan qiz tasodifan to'qnash kelishdi va bir-birlariga qarab o'tib ketishdi. Yigit uni bir ko'rishda sevib qoldi. Manzilini bilgach, uni kuzata boshladi. Unga har kuni maktub yozib, bitta qizil gulga qistirib, qizga o'zini ko'rsatmay, yo'liga qo'yib ketarkan. Qiz hayron bo'lgancha to'rt tomonga alanglab, gulni qo'liga olardi-da, maktubni o'qirdi...
Shundan so'ng bu voqea har kuni takrorlanadigan bo'ldi. Qiz ham o'rganib qolgandi.
Oradan yillar o'tib, yigit har doimgi joyiga maktub, gul va sur'atini qo'yib ketibdi. Qiz sur'atni ko'rishi bilan dunyo ko'ziga qorong'u ko'rinibdi va har tomonga yugurib, uni izlabdi.
Oradan bir yil o'tganda, ular Farg'ona bog'ida uchrashib qolishibdi. Qiz yigitni ko'rishi bilan ko'zidan duv-duv yosh oqa boshlabdi. Yigit esa uni bag'riga bosgancha shunday debdi
--Bu dunyoda hech narsa tasodif emas!!!!!!!!!!!
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 507 | Добавил: MUXLIS_94
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]