menu
person

18:04:49
EGITLARGA KERAKLI MASLAHAT.
(1)Hech qachon behuda va
tasodif bilan tanishgan
qizlarga ko'ngil
bermang.Sabab, siz uni
o'tmishini
bilmaysiz.Uchrashgan qiz suluv bo'lsa shubhasizki siz
unga oshiqlik dardiga mubtalo
bo'lursiz. Uning o'tmishidan
habar topgach esa ajralishga
to'g'ri
kelar.Bunda siz muhabbat atalmish ne'matning
marhamatidan mahrum
bo'lasiz.Illo, bu noyob hissiyot
insonga bir bora nasib
etgay.Yengil
havas deb muhabbatning inja diydoridan mahrum bo'lmang.

(2)Agar biror qiz bilan
tanishgudek bo'lsangiz , qiziq-
qiziq voqealarni aytib
kuldirishga harakat qilib
ko'ring.Agar u sizning
so'zlaringizdan ta'sirlanib, yuzini chekkaga
burib yoki og'zini panalab
kulsa , do'st
tutining.Bordi-yu, arzimagan
narsaga ham tishining oqini
ko'rsatib, sharaqlab kulaversa, undan
o'zingizni yiroq tuting.

(3)Agar sizning yoqtirgan
qizingiz bo'lmasa, asli
qayg'urmang.Ota-onalarning
tashabbusi bilan turmush
qurib baxt topganlar kam
emas.Biroq siz shoshilmang.Kelin
bo'lmishning uyiga
borayotgan yaqin
kishingizdan
xonadonning saranjom-
sarishtaligini surishtiring.Bunga shubha
bo'lsa,
uchrashuv chog'i bekatda
qizga pista tuting.Agar qiz
uning po'chog'ini
uchragan joyga tashlayversa, o'sha gumon to'g'ri bo'ladi.

(4)Qizlardagi aqlu-farosat
kiyinishidan, o'zini tutishidan
bilinadi, ko'z qarashlaridan
anglashiladi.Bulardan tashqari
siz bo'lg'usi umr
yo'ldoshingizni qo'li ochiqligini ham tekshirib ko'ring.Buning
yo'li
oson. Birga ketayotganingizda
sadaqaso'rab turganlarga
katta miqdorda
hayr qiling.Shunda tanishingiz bunga o'z munosabatini
bildiradi.Agar
dilidagini oshkor
etmaydiganlar xilidan bo'lsa, sizday
"qo'li ochiq"odam bilan turmush qurish fikridan voz
kechadi.O'ylaymanki bu siz
uchun juda foydali.

(5)Agar yoqtirgan qizingizni
ichki dunyosini bilmoq
istasangiz, unga dastlab kitob
sovg'a qiling.Biror yaqinroq
do'stingiz esa qimmatroq
sovg'a keltirsin.Sevgilingizning ularni
qabul qilib olayotgandagi
holati,
shundan keyingi muomalasi
ko'p narsani
oydinlashtiradi.Agar u sizning sovg'angizni ko'rib quvonib,
o'zgarmasa, keyinchalik
sizning
topishingizga qarab emas,
ichki dunyongizga qarab
qadrlaydigan yor bo'lishi shubhasiz.

(6)Biror qizni yoqtirib,
uylanishga qaror qilgan
ekansiz, uning ko'ngli
yumshoqligiga ham
e'tibor bering.Buning
choralaridan biri, u bilan ketayotganingizda
biror parranda yoki hayvonga
ozor bermoqchi bo'lib tosh
ko'taring.Agar
sevgilingiz darhol qarshilik
ko'rsatib, qo'lingizdan tutsa unda
ayollarga hos bo'lgan
oliyjanob hislat-rahmdillik bor
bo'ladi.Bu
sizning bo'lajak
farzandlaringiz tarbiyasida ham muhim o'rin tutadi.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 750 | Добавил: MR_ANONIM | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]