menu
person

17:33:52
Eyfel minorasi haqida!
Eyfel minorasi 1889-yilda
qurilgan. Balandligi 300 metr
bo`lgan bu inshoot o`sha vaqtda
jahondagi eng baland bino
bo`lgan. Minora 1889-yilgi
Butunjahon ko`rgazmasiga atab
qurilgan. Shu vaqtdan boshlab
Eyfel minorasi Parij shahri ramzi
bo`lib qoldi. Bu po`latdan
tiklangan qurilma o`z davri
me`morchiligining an`anaviy
qoidalarini o`zida mujassam
etgan.

Eyfel minorasining loyihasi
maxsus tanlovda boshqa
loyihalar ichidan eng ma`quli
sifatida ajratib olindi. Loyiha
muallifi, yuqori darajali temiryo`l
ko`priklari qurish tajribasiga ega
bo`lgan muhandis Gustav Eyfel
edi. Jamoatchilik fikri ikkiga
bo`lindi: minora ba`zilarga juda
yoqib tushdi, ayrimlarning esa
aksincha, uni ko`rarga ko`zi yo`q
edi. Ko`pchilik, ertami-kechmi,
Eyfel minorasi qulab tushishiga
ishonchi komil edi. Gustav
Eyfelga minora mustahkamligini
shaxsan tushuntirib berishga
to`g`ri keldi.
Eyfel minorasi uch qavatli:
birinchi qavatning balandligi 57
metr, ikkinchisi 115 metr va
uchinchisi 276 metrga teng.
Bugungi kunda minora Parijning
katta qismi uchun televizion
uzatgich vazifasini ham
o`tamoqda. Uning antennesining
balandligi 320 metrdir.
Minoraning suyri va silliq
ko`rinishini ta`minlash uchun 12
000 bo`lak po`lat yuza 2500 000
ta zaklepkalar bilan
mahkamlangan.
Eyfel minorasining oldida besh
qavatli yer osti inshooti qurilishi
mo`ljallanmoqda. Endi barcha
badiiy ko`rgazmalar o`sh yerda
o`tkaziladi. " Parij ko`rki" ning
ma`muriyati shu yo`l bilan har
kuni minora oldida paydo
bo`ladigan uzundan uzoq
navbatlarga chek qo`yishga
umid bildirmoqda. Mazkur
loyihaning qiymati 56-70 million
dollarga teng deb
baholanmoqda. Yangi binoning
50 000 kv. metr maydoni
majlislar zali, magazin va
restoranga ajratiladi.
Eyfel minorasiga tashrif
buyurish qoidalari ichida
quyidagi yozuv paydo bo`lib
qolsa ajab emas: " Siz yuqoriga
ko`tarilish uchun avvalo pastga
tushishingizga to`g`ri keladi" .
Chunki loyiha mualliflari
minoraga tashrif chiptalari
kassasini ham " yer osti" ga
joylashtirishmoqchi.
109 yoshli " Parijning temir
xonimi" yangilashga ehtiyoj
sezmoqda. Uning "
yaraqlaydigan tungi elektr
ko`ylagi" yuzlab elektrlampalar
o`z xizmatini o`tab bo`lgani
sababli miltillab qolgan.
Mutahassislar fikricha minorani
ta`mirlash ishlariga 18 oy vaqt
ketadi.
Eyfel minorasi mana bir necha
o`n yildirki, jahondagi turistlar
eng ko`p tashrif buyuradigan
joylardan biri bo`lib kelmoqda.
Uni ko`rish uchun har yili 8
millionga yaqin odam keladi.
Minora Parij uchun daromad
manbalaridan biri hisoblanadi.
2000-yilda shahar meriyasi
boshqaruvchi kompaniyadan 30
million frankdan ortiq mablag`
qabul qilib olgan.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 992 | Добавил: PANTERA_7 | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]