menu
person

01:18:16
Hayotiy voqea
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Mani ismim Bekmurod, yoshim 19da, man saytga yaqinda a'zo bo'ganman, Fakultet man bilgan saytlar ichida eng yahshisi.. Man sizlarga o'zimni hayotimda bo'gan voqeani hirgoyi qimoqchiman. Bu voqeada fojeyaviy yakun ham alamli qismat ham yo'q.. shunchaki 18 yoshdagi shirin xayollar, orzular va sarguzashtlar. Lekin bu qiziq..
Maktabni tugatgach omadim kelib shahrimiz kollejiga o'qishga kirdim(2008JizzaxT.A.K.X.k), lekin 2-kursda ketishga majbur bo'ldim. Oilamizda 3-kishimiz, onam va singlim bor. Oilada katta bo'lganim uchun ishlashga majbur bo'ldim. Rahmli Olloximning mehr-muruvvati bilan 17 yoshligimdayoq davlat ishiga kirdim(QFY ish yurutuvchi). Tog'am ishxonada kotib vazifasida bo'lgani uchun mani ishga olishdi. Man tog'am yashayotgan qishloqqa ko'chib ketdim(2009.kuz). Kollejim ham o'zgardi(2010yanvar). Yangi kollejimda mani yahshi qabul qilishdi, bizni guruhimizda juda kamchilik edik, ko'pchilik darsga kelmasdi, o'shanda u ham darsga kelmasdi. Man guruhimiz bilan tezda chiqishib ketdim, shu tariqa ham ishlab ham o'qib kunlar o'tdi. Adashmasam bahor edi o'shanda.. U darsga kechikib keldi. Qip qizil kiyinib kelgandi o'sha kuni, bir ko'rishda u manga yoqmadi. Uni ismi Nigora. Hali xam hayronman, axir o'shanda unga qiziqmasidim-ku!!! U bilan birinchi marta tanishmoqchi bo'ganimda u o'zini olib qochdi. Tanishishim juda qiyin bo'ldi. Lekin kunlar o'tib..Uning ovozi juda yoqimli bo'lgani uchunmi, orqa-oldi partada o'tirib u bilan juda ko'p suhbatlashardik. U juda chiroyli gapirardi, ovozi ham yoqimli. 2 kurs bir birimizga yaqin edik, lekin o'shanda unga qiziqmasidim. May boshlanib o'qishimiz tugadi va hammamiz amalyotga tarqaldik..
Uni birinchi marta uy kiyimida amalyotga ketayotganida ko'rgandim. Uzun, chiroyli kiyimi o'ziga yarashib turardi, juda ochilib ketgandi o'sha kuni, o'shanda yoqtirishni boshlaganman balki..
Qarang-a! ta'til tugab bir zumda 3 kursga ham yetib keldik. 2010.Sentyabr. 3kursning dastlabki kuni.. Hammamiz yig'ildik. Mani hayolimda bitta fikr: Nigorani ko'rarmikanman! Uni ko'rdim.. U ilgaridanam ochilib ketgan.. oq-qizil kollej formasida, juda..juda chiroyli edi. Uni ko'rish, gaplashish 3kun nasib etdi. Paxta boshlandiyu yana hamma tarqalib ketdi. Ohirgi gaplashganimizda u manga telefon qilishga so'z bergandi. Paxta ham noyabrning o'rtalarigacha bo'ldi. 3oylik kanikul+2,5oy paxta, uni shuncha vaqt ko'ra olmadim, telefon ham qilmadi, man ham telefon qilmadim! Sababini ohirigacha o'qisangiz bilasiz.. Paxta tugasa ham darslarga bormadim, chunki u ham kelmasdi. Nihoyat dekabrda uni ko'rish nasib qildi. Darsga anchadan buyon endi kelishim edi. Xonaga kirishim bilan chap partalar qatorida qip-qizil kiyingan chiroyli qizga ko'zim tushdi. U Nigora edi. Uni yoniga o'tirib oldim. O'sha kuni rosa gaplashdim u bilan!, yuragimdagi chanqoqlar bosildi.. Ertasiga esa u.. kelmadi. (bir narsani aniq bilaman, u mani sevmaydi, sevganida kelardi) Yana 2oy uni ko'rmadim..man ham darslarga bormay qo'ydim. Keyingi keganida unga gapiraman, tel.nomerini olaman, romeo juletta bo'lamiz, toxir zuxro.. o'zimcha rejalar tuzdim..
2011yil fevral oxirlari. Kursdoshim Islom: "Sani tyolkang darsga kelyapti"deb qoldi. Ertasigayoq darsga otlandim. Aynan o'sha fevraldan voqelar chappasiga ketdi.. O'zimcha rejalar tuzgandim lekin, Nigor bilan o'rtamizda xech narsa sodir bo'lmadi. Nega deysizmi..
Hayot juda qiziq, doim o'zi ishontirib, umidvor qilib, o'zi voz kechishga majbur qiladi, yaltirab ko'ringan narsa tilla bo'lib chiqavermas ekan.. Nigor mani ko'zimga farishtadek ko'rinsada unga dardimni aytishdan o'zimni tiyardim. His tuyg'ularim unga dilingdagini och desada, aqlim uni hali yahshi bilmaysan, sabr qil derdi. Man hayotda doim aqlimga quloq soganman(Shuning uchun xam paxta vaqti unga tel.qimaganman).* O'sha kunlarda Nigorni do'stlarimdan juda ko'p surishtirdim. Darsda odobli, hech kim bilan telefonda gaplashmaydi, farishtadek ko'rinardi ko'zimga lekin, u hayotta bunday bo'lib chiqmadi, afsus.. qancha yugurganlarim..
Xullas azizlar man yoqtirgan Nigor 1kurs juda ko'p yigitlar yurgan ekan, oqshom soat 23_larda tel.qigan yigitlar bilan ham gaplashganini eshitdim. Ishongim kelmadi lekin o'z ko'zim bilan ham ko'rdim xiyonatini..u vafoli qiz emas ekan!
Mani nato'g'ri tushunmanglar azizlar! Man hiyonatni kechirmayman, xech qaysi yigit kechirmaydi. His tuyg'uga emas aqlimga quloq solganim bu safar ham pand bermadi. Dilimdagi tuyg'ularim sirligicha qoldi.. Nigor martgacha kelib yana yo'q bo'lib ketdi, E-E-E-E-E-E! vavshe kemasin! man undan voz kechib bo'ldim!
Aziz yurtdoshlarim, forumdoshlar, dindoshlarim, tengdoshlarim, saytga o'z dardini yozibdi deb mani yomon ko'rmang! Shunchaki sizlardan maslaxat so'ramoqchiydim. Undan umidimni uzganman, lekin haligacha ko'rgim keladi, aytinglarchi bu sevgimi yoki...
uni yana ko'rishim mumkin, lekin endi nima qilay???
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 923 | Добавил: Bek_5005_wolf
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]