menu
person

02:59:32
-Ibratli hikoya-
Bu voqeani man gazetada o'qiganman, siz ham albatta o'qing.
Og'ir xastalik bilan keltirilgan ikki bemorni shifoxonaning bir palatasiga yotqizishdi. Ularning biri ikkinchisiga doim tushdan keyin bir soatga yaqin o'pkasidan suv olishiga yordam berardi. Yordamlashadigan bemorning o'rni derazaning yonida edi, o'pkasidan suv oladigan bemor esa chekkada shiftga termulgancha qimirlamay yotishga mahkum edi..
Bu ikki bemor kun bo'yi soatlab suhbatlashishardi. Deraza yonidagi bemor hamxonadoshiga atrofdagi voqealarni chiroyli tarzda so'zlab berar, ikkinchi bemor esa jim yotganicha tinglar, tasvirlanetgan voqealarni xayolan tasavvur qilardi va yana yashagisi kelar, hayotga qiziqishi ortardi. Deraza yonidagi bemor atrofni quyidagicha tasvirlardi: "Deraza ro'parasida juda chiroyli bog' bor. U bog'da kichik ko'l bolib, ko'l suvida oqqushlar o'ynoqilab yuribdi. Bir necha bolalar yasama qayiqlarini oqizishmoqda. Shahar chiroyi ham shundoqqina ko'rinib turibdi". Bu gaplarni ikkinchi bemor jim yotkanicha xayolan tasavvur qilardi.
Bir kuni xonaga kirgan hamshira ne ko'z bilan ko'rsinki, deraza oldidagi bemor nafas olmay qimir etmay yotardi. Bemor oqshom uxlayotganida joni uzilgandi..
Do'stidan ayrilgan bemor do'sti ta'riflagan manzarani ko'rish uchun hamshiradan deraza oldiga borishiga yordamlashishini so'raydi. Bor kuchi bilan deraza oldiga borgach, tirsaklarini bazo'r deraza tokchasiga qo'yib marhum do'sti aytgan manzarani ko'rmoqchi bo'ladi. Lekin...derazadan faqat baland devor ko'rinib turardi, manzaradan esa asar ham yo'q edi. Bemor tushunolmay hamshiradan so'raydi. Hamshira aytgan gaplar esa butun umr unitilmas bo'lib qoldi:
SIZNING HAMXONADOSHINGIZNI KO'ZLARI OJIZ EDI, XATTO DERAZA ORTIDAGI DEVORNI HAM KO'RA OLMAGAN. BILMADIM, BALKI U SIZNING YASHAB KETISHINGIZGA UMID BAG'ISHLASH UCHUN SHUNDAY DEGANDIR!
Категория: Qalb navolari | Просмотров: 800 | Добавил: Bek_5005
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]