07:48:18 GO`ZAL QAVM | |
GO`ZAL QAVM Odamlar bir-birin hech xafa qilmas Do`sti go`shtini eb qornin to`yg`izmas Dilozorlik bo`lmas, haqorat bo`lmas Mehr-oqibat kuchli bo`lgan qavmda Namoz unutilmas, hech qazo bo`lmas Tahajjud vaqti bandaning uyqusi kelmas Jum`a kuni masjidda bo`sh joy topilmas Ibodat-amal kuchli bo`lgan qavmda Tarozidan hech kim gumon ham qilmas To`ng`iz go`shti va aroq also topilmas Issiq non sovug`idan qimmat sotilmas Bozorida halollik bo`lgan qavmda Kindiklar ko`rinmas, tizza ko`rinmas Ayol qaddu-qomati hech ham sezilmas Buqa ham ipini qaerda uzishnin bilmas Zaifalari hijobda bo`lgan qavmda Etimlar ota-onasin yo`qligin sezmas Norasida ko`chada tilamchi bo`lmas Saharlab etim oshini kimsa ham yemas Etimning haqqidan qo`rqqan qavmda <br /> Pora olib odamlar farzandin boqmas Qarz berganda also foiz so`ramas Bir parcha qog`ozga hecham sig`inmas Iymoni mustahkam bo`lgan qavmda Farzni ado etar, haromni qilmas Savob ishdan keyin minnati bo`lmas Inshaalloh bundaylar do`zahga tushmas Allohga muhabbat bo`lgan qavmlar | |
Категория: Sayt yangiliklari | Просмотров: 391 | |