menu
person

22:17:59
Iroda Nosirova - Ketmagayman (klip)
Men Iroda Nosirova .... yil 20
avgust kuni Toshkent
shahrida dunyoga kelganman.
Oilam haqida ko'p gapirishni
yoqtirmayman. Aytishim
mumkin bo'lganlari ota-onam, ukam va singlim bor. Ular
bilan birga istiqomat qilaman.
Toshkent shahridagi 287-o'rta
maktabda tahsil oldim.
Mening qo'shiqchilik
borasidagi sahnadagi ilk qadamlarim maktab
sahnasidan boshlangan, desam
mubolag'a bo'lmaydi.
Maktabda o'qib yurgan
kezlarim "Ilhom chashmalari"
va boshqa qo'shiq konkurslarida qatnashardim.
Hatto "San'at g'unchalari"
televizion ko'rsatuvida
to'g'ridan-to'g'ri efirda Vatan
haqida rosa hayajonlanib
qo'shiq kuylaganman, bu adashmasam 1995 yil edi. Shu
bilan birgalikda 8 yil
davomida drama
to'garagining qatnashchisi
edim. Hatto ba'zilar
ishonmasligi mumkin, Akmal Ikromov tumanidagi
prezident archasida 2 yil
davomida yalmog'iz kampir
obrazini ijro etganman. Hullas
maktabni tamomlab
Pedagogika Unversitetiga o'qishga kirdim. O'zbek tili
filologligi bo'yicha o'qib,
jurnalist bo'lishni rejalashtirib
qo'ygandim. Shu yilning
o'zidayoq "Yoshlar"
telekanalining "Davr" infotmatsion dasturiga ishga
kirdim. Ushbu ko'rsatuvda 4
yil faoliyat yuritdim. Keyin
bolalikdagi orzularim ustun
keldi shekilli yana qo'shiq
kuylash va kinoda suratga tushish istagi meni o'ziga torta
boshladi. Hozirgacha 7ta
filmda suratga tushdim.
Qo'shiqchilik borasida esa
ko'proq o'zim uchun
kuylaganimdan uni jiddiy rivojlantirish haqida shu
paytgacha o'ylamagan
ekanman.
Ismimni rahmatli buvijonim
irodali bo'lsin deb qo'yganlar.
Ismimga munosib bo'lishga harakat qilaman. Allohning
qahridan va qorong'ulikdan
qo'rqaman. Sofdil, sodda,
oqko'ngil, haqgo'y va
samimiy insonlarni yaxshi
ko'raman. Bularning aksini yomon ko'raman. Qo'shiqchi
bo'lmaganimda organ xodimi
yoki sportchi bo'lardim. Sport
turlaridan futbol va boksni
yaxshi ko'raman. O'zim
suzishga qatnashaman. Qizil, oq-qora, hullas yorqin
ranglarga o'chman. Oshni va
yapon sushisini haftada har
kun yeyishga tayyorman.
"Chanel", "Gucci", "Kasharel"
atirlarini xush ko'raman.


KLIPNI KO'CHIRISH JOYI.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 449 | Добавил: MR_ANONIM | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]