23:46:27 JAXON CHINPEYNATIGA QURA TASHLANDI | |
Meksika poytaxti Mexiko shahrida shu yerda 2011 yil 18 iyundan 10 iyulga qadar futbol bo'yicha o'smirlar (17 yoshgacha) o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga qur'a tashlandi. Osiyodan KXDR, O'zbekiston, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari qatnashadilar. O'tgan yilgi "Paxtakor" maydonida bo'lib o'tgan mintaqaviy final uchrashuvida Shimoliy Koreyalik raqiblarga 0:2 hisobda mag'lub bo'lgan Aleksey Yevstafeev shogirdlari D guruhi tarkibiga kirib, AQSH, Chexiya va Yangi Zenlandiya o'smirlariga qarshi to'p suradilar. Nimchorak finalga har bir to'rtlikdan ikkita eng kuchli jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rinni egallaganlarning ichidagi eng yaxshi to'rtlik chiqadilar, deya xabar beradi the-afc.com. QUR'A NATIJALARI: A guruhi 1. Meksika 2. KXDR 3. Kongo 4. Niderlandiya B guruhi 1. Yaponiya 2. Yamayka 3. Fransiya 4. Argentina C guruhi 1. Urugvay 2. Kanada 3. Ruanda 4. Angliya D guruhi 1. AQSH 2. Chexiya Respublikasi 3. O'zbekiston 4. Yangi Zelandiya E guruhi 1. Burkina-Faso 2. Panama 3. Germaniya 4. Ekvador F guruhi 1. Avstraliya 2. Kot-d'Ivuar 3. Braziliya 4. Daniya Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sport olami | Просмотров: 453 | |