menu
person

19:59:54
Justin Timberleyk
1981-yilning 31-yanvar kuni afsonaviy Elvis Presli tug`ilib-o`sgan yurt – ya`ni Tennesi shtatining Memfis shahrida Jastin Timberleyk dunyoga keldi.
U maktabda o`qib yurgan kezlarida sinfdoshlari bilan ko`p tortishib qolishardi. Sinfdoshlari sochlari to`zg`ib yuradigan bu bolani ko`p hafa qilishar edi. Ular hatto uning qo`shiq kuylashiga ham e`tibor qilishmasdi. Lekin Jastinning onasi bolasidagi iste`dodni qo`llab-quvvatlagan. Jastinning tinimsiz harakatlari uning iste`dodini rivojlantirgan va yoshlik chog`laridanoy mashhurlik sari yetaklagan.
Hozirda u millionlab muxlislarning suyuklisi hisoblanadi.
Jastin: ”Men o`zim uchun faqatgina o`yin deb hisoblagan mashg`ulotlarni bajarar edim. Kinoni, musiqani yaxshi ko`rardim. Bularning barchasidan men qandaydir zavq olar edim. Mening omadim ham huddi gazlangan suvni ochganda chiqadigan pufakchalar kabi qaynab chiqar edi”.
Jastin 17 yoshida million dollar ishlab topgan. Bu yoshda boshqa bolalar haydovchilik guvohnomasi olishni o`ylaydi. Jastin esa kattagina uy va villa sotib oldi. Mashinalarga qiziqishi keyinroq uyg`ongan. U avval motosikldan boshlagan. U bir joydan ikkinchi joyga boorish uchun mashhur “Harley Davidson”dan foydalanar edi. Hozirgi kunda uning garajidan 12 ta motosikl o`rin olgan.
Uni avtomobillar ichida ko`proq katta o`lcham egalari ya`ni JIP rusumidagilar qiziqtirib qoldi. Uning garajida 5 ta jip avtomobillari bor. U o`zining “Cadillac Escalade”si uchun 10 ming dollarg maxsus diska qo`ydirgan. Shahar tashqarisidagi sayohatlari uchun qo`shiqchi ko`pincha “Escalade Pickup”dan foydalanadi. Uning hisobida yana “Range Rover Sport” avtomobili ham bor.
Jastin uchun sevimli mashina albatta “Mercedes” mashinasidir. Kuchli quvvatga ega “Gelenvagen” limuzini va M-markali “Mersedes” qo`shiqchining eng sevimli mashinasidir. Mashina rullarini boshqarayotgan qo`shiqchini muxlislari ko`p kuzatishgan.
Uning qiziqishlari sport rusumidagi avtomobillarga ham qaratilgan. U “Dodge Viper STR-10” mashinasini alohida faxr bilan tilga oladi. Axir uning motoriga 506 ta ot kuchi jamlangan-da. DaimlerChrysler bu rusumdagi avtomobillarni 1800 tadan ortiq chiqarmasligi haqida aytib o`tgach Jastinning mashinaga bo`lgan mehri yanada jo`shib ketdi. Chunki uning sevimlisi hammada ham bo`lavermaydi-da.
Uning garajidan yana “Porsche 911”, “Audi TT” kabi mashinalar ham o`rin olgan.
Hech bir avtokolleksiya “BMW”siz bo`lmaydi. Shuning uchun ham qo`shiqchi bir nechta “BMW” sotib olgan. Lekin ular orasida “BMW 745i” qo`shiqchining alohida muhabbatiga sazovor bo`lgan.
Jastin yo`llarda juda extiyotkorlik bilan mashina boshqaradi. U hech qachon mast holda mashina boshqarmagan. U hatto o`z do`stlari bilan mast holda mashina boshqarishga qarshi kampaniyalar ham uyushtirgan.
Yo`l qoidalarini buzmaslikka harakat qiladigan Jastin svetoforda sariqda o`tishga harakat qiladi. Uningcha bu omad belgisidir. Lekin so`nggi paytlarda negadir unga omad unchalik ham kulib boqmayapti. Balki, svetofor chiroqlarida o`tish rangini o`zgartirish lozimdir. Lekin Jastin bundan qo`rqmaydi.
Jastin: ”Men hayotdan juda ham oddiy narsalarni so`rayman: onam doimo sog` bo`lishini, do`stlarim men bilan doimo birga bo`lishini, kuchugimning qorni och qolmasligigni va o`zim doimo ish bilan band bo`lishimni”.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 440 | Добавил: MitraStudio | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]