menu
person

20:36:20
•°*””*°•~Kechiring~•°*””*°•
Kechiring Azizim, kechirolsangiz,

G'amli kunlaringizda bo'lmadim dildosh.

Olisda bo'lsam ham qalban har doim,

Tilarman ollohdan sabr va bardosh.



Kechiring Azizim, dunyo ishlari,

Ba'zida bu hayot ham toliqtirganda.

Ba'zan kulib turib qarshi olmadim,

Azoblar tashvishlarga yo'liqtirganda.



Kechiring Azizim, erkalik qilib,

Talab qilsam sizdan ortiqcha mehr.

Men tirik ekanman toki, dunyoda,

Tanho sizni bahtim deganman ahir.



Kechiring Azizim, ko'z yoshlarimdan,

Qalbingizga yetkizdim ozor.

O'ngim mayli, tushlarimda ham,

Qalb sizga zor, mehringizga zor... Umidim... sad
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 721 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]