menu
person

04:11:07
KIMGA ASRAGANDING MENI XUDOJON..

Vijdoning og’riydi etayotib rad,
Xuddi aybdorday yerga qaraysan.
Bir yurak, bir sevgi tilaydi hayot,
"Sevolmayman…” deysan,
Uzr so’raysan…
Keyin, u ketadi ko’ksida sanchiq
Tishida chaynalar qarg’ish xitobi…
Ey, Xudo! bunchalar achchiqdan-achchiq
Sevilish azobi-
Sevish azobi…
Sog’inib yashaysan, ko’klarga boqib,
Dunyoga tutashib ketar oloving.
Rashkingdan o’zing ham to’yib yashaysan,
Yuraging pinjida yashab "birov”ing.
Ko’zingning oqiyu-qoralariga
Solarkansan erka suyukligingni-
Sen pisand qilmagan bechoralarga
Bilmaysan, naqadar buyukligingni!..
Kipriging torlarin chertadi yomg’ir,
Qo’linda titraydi tunlar kitobi.
Ey, Xudo! Bunchalar og’irdan-og’ir
Sevilish azobi-
Sevish azobi…



Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 493 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]