11:51:18 Ko'zlaringizga boqolmayman! | |
Balki bu havas, balki sevgi, Gohi o`zim ham tushunmayman, Boshimni egdi bu ajib his, Ko`zlaringizga boqolmayman. Quvonchla siz tomon shosharman, Panalardan to`yib boqarman, Yoningizga borganda afsus, Ko`zlaringizga qarolmayman. O`zgalardan ne farqi bordir, Ne farqi bor o`zda ko`zlardan, Lek pinhona boqsam gar men, Qamashar ko`zlarim nuridan. Bilmam ne uchun nega axir, Qo`rqarman oshkora boqishdan, Yetmas juratim,yetmas kuchim. Ojizman ko`zlaringiz sehridan. Siz o`zgachasiz, siz boshqacha, Xech bir inson sizga o`xshamas, Sevgisi ila yoningizda, Xech kim mendek devona bo`lmas. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 385 | |