23:18:36 {LAYLAK QOR} | |
ASSALOMU ALAYKUM AZIZ FORUMDOSHLAR. HOZIR E'TIBORINGIZGA BIR YIGITNING ALAMLI MUXABBAT TARIXINI HAVOLA QILMOQCHIMAN. BU SHE'RNING MUALLIFI KIMLIGINI BILMAYMAN. BU SHE'RNI O'QIB KO'ZLARIMGA YOSH KELDI.SHE'R YIGITNING TILIDAN AYTILGAN. SHE'RNING NOMI LAYLAK QOR Xotiralarni qo’zg’ab yog’ib keldi laylak qor Yana esimga tushdi ul bevafo go’zal yor Xo’p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar Masrur edim baxtimdan shirin tush ko’rib tunlar Laylakqor yoqqanida uni ilk bor ko’rgan onim Ko’rib uni qalbimda sehrli his tuygandim U turardi qoshimda shiringina jilmayib Qor shu onda yog’ar edi kuchayib Men hech ko’z uzolmasdim betakror ko’zlaridan Maftun bo’lib qolgandim samimiy so’zlaridan U juda dilbar edi, kulib turardi yuzi Kulgichlarida yashirin bor edi shirin nozi Ilk muhabbatim edi ul bevafo go’zal yor Uchratgandim men uni yoqqanida laylak qor Samimiy suhbatidan zavq olardim bir jahon Uchratmagandim avval bundayin shirin zabon Qo’l ushlashib yurardik bog’lar ichra ikkimiz Hayolimda bir umr buzilmasdi sevgimiz Sirdoshim edi tanho ul bevafo go’zal yor Tanishgandim u bilan yoqqanida laylakqor Ko’zimizga tikilib tinmay suhbat qurardik Yoz oylari qirg’oqdan chig’anoqlar terardik Ahdu paymon qilgandik ul bevafo yor bilan Hatto qasam ichgandik oppoq nafis qor bilan Tunlari uxlamasdan o’ylab chiqardim uni U also sevmas ekan, sezmas ekanman buni Afsus meni tark etdi ul bevafo go’zal yor Sevgan edim men uni yoqqanida laylak qor Ko’rdim boshqasi bilan yurardi bevafo yor Samodan esa tinmay yog’ar edi laylak qor Hotiralarni qo’zg’ab yana yog’di laylak qor Yurib borardim sekin kumush fasli qish edi Osmondan biram go’zal laylak qor yog’ar e di Nogoh nazarim tushdi ul bevafo go’zalga Negadir harakati o’xshardi telbalarga Jinni bo’lib qolganmi? Deb o’ylardim men uni Surishtirib bilgandim haqiqatligin buni Aqldan ozgan edi ul bevafo go’zal yor Shunda esa tinmay yog’ar edi laylak qor So’ng biroz vaqtlar o’tdi balki oylar balki yil Bir voqea bo’lgandi aytolmaydi buni til Eshitdimu yig’ladim, kelmas edi ishingim Har qancha bo’lganda ham men uni sevar edim! Olamdan o’tgan edi ul bevafo go’zal yor Doimgidek samodan yog’ar edi laylak qor Bevafo bo’lsada u yashab yursa bo’lardi Hayotda baxtli yursa qalbim nurga to’lardi Qalbim tig’langan edi endichi nima bo’ldi O’n gulidan bir guli ochilmaganim so’ldi So’nggi vaqtlarda negadir ko’proq yolg’iz yurarkan Laylakqor yoqqanida to’yib-to’yib yig’larkan Yoz oylari ham yolg’iz dengizlarga borarkan Qirg’oqlardan erinmay chig’anoqlar terarkan Avvalgidek shirinmas ekan uning so’zlari Mayus tortib qolibdi hatto xumor ko’zlari Ohir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi Tig’ni olib qo’liga tomirlarin tilibdi Yiqilibdi shu onda ul bevafo go’zal yor Qonga belanib qolibdi zamin uzra yoqqan qor Bevafoim go’zalim nega meni tark etding Bechora oshig’ingni sen yolg’iz tashlab ketding Juda qattiq sevardim ,tashlab ketgan bo’lsangda Unutolmayman seni gar marhuma bo’lsangda Huzuringga borgandim ey bevafo go’zal yor Qabring ustiga tinmay yog’ar edi laylak qor O’ksib-o’ksib yig’ladim bag’rim bosib qabringga Bevafo bo’lsangda sen yetar edim qadringga O’rik qiyg’os gulladi kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib baxorligin aytishdi Quvonch baxshida etar ushbu fasli maftunkor Menchi g’arib qabringga ko’z tikaman umidvor G’arib ustida jonim lola bo’lib ochilsang Asta-asta uzalib men tomonga sochilsang Nega qaldirg’och bo’lib in qurmaysan uyimga Qanoting mahzun qoqib bo’y urmaysan b o’yimga Hech bo’lmasa samodan ko’z tikmaysan men tomon Tushlarimga ham kirmay rangim aylading somon Seni eslatib turar hatto ona tabiat O’ylayman go’yo senga yaralgandek muhabbat Kuz boshlanar to’satdan qalbim sarg’ayib qolar Bong o’rniga orzular bitta -bitta to’kilar Hazondek rang kasb etgan qiyofam hozir mening Tezroq yoningga borish mening yolg’iz istagim So’ramayman kerakmas yonib turgan yulduzlar Mayli muhim ham emas hatto kech-kunduzlar Qaniydi porlab tursa mangu yumiq ko’zlaring O’zim ko’rib tursaydim har bir bosgan izlaring Sen bilan nafas olsam bu musaffo havodan Seni tortib olsaydim shafqatsiz bu samodan Qor yog’adi maydalab qabring ustiga jonim Azob bo’lar bu tarzda har bir o’tkazgan onim Sovqottimi jonginam nozikkina qo’llaring Nahot endi ko’rmaysan qor to’shalgan yo’llaring Shu qabr ichra erkam men yotsam bo’lmasmidi Gar hayot bo’lsang ekkkan gullarim so’lmasmidi Sen bilmaysan nozigim sen ekkan gullar so’lgan Sening yo’qliging bilgach ular ham tamom bo’lgan Sensiz go’zalim gulim tinmay yig’lar bu yurak Bunday g’am chekib yashash aytginchi kimga kerak Go’yo tirik murdadir qiyofam hozir mening Qanchalar ko’rgim kelar charos ko’zlaring sening Yashayapman yuzimda soxta tabassum bilan Qalb to’la zardobligin faqat o’zim bilaman Qaniydi imkon bo’lsa sen tomonga uchardim Ushlab olib qo’lingdan keyin mahkam quchardim Hech kimga bermas edim ushlab olsam qo’lingdan Qo’yib yubormas edim o’shal nozik belingdan Ammo qachon keladi men kutgan o’sha lahza Har dam umid qilaman bo’lar deb bir mo’jiza Yodimdadur azizam biz yurib o’tgan yo’llar Qirg’oqlarda chopib biz sayr etgan o’sha ko’llar Har doimgidek yana o’rik qiyg’os gulladi Kapalaklar parvona atrofida bo’ylaydi Sezib turaman guldan ari asal yig’adi Lekin tinmayin y urak o’ksib-o’ksib yig’laydi Tuyulaverar menga kamdek kimdir nimadir Bu senliging bo’lsamda til aytishga ojizdir Mayli azizam endi ALVIDO deyman senga Baribir yolvorsamda hecham qaytmaysan menga O’rik qiyg’os gulladi kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi Afsuski armon senga o’rikning qiyg’os guli Hotiralarni qo’zg’ab laylakqor yog’ma endi O’tinaman jon laylakqor xotiralarni qo’zg’atma Menga uni eslatma, ortiq qiynalishni xohlamayman. NURIDDINBEK. Izox qoldirishilar mumkin!!! | |
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 565 | |