17:01:48 MASHHUR TAKSIST DANIEL QAMALDI! | |
Fransuzlarning "Taksi" filmi yulduzi Sami Naseri navbatdagi ravishda qamoqqa tushib qoldi. Aprel oyi oxirida uni mast bo’lib janjal ko’targani uchun 16 oyga qamoq jazosiga xukm etishgandi. Lekin sud qarori kuchga kirmagan bo’lardi, agarda Naseri o’zini bundan buyon to’polon qilmaslikka va’da berganidek tutganida. ![]() Lekin aktyor Kann kinofestivalida – u bilan rasmga tushishni xoxlagan fanatlari oldida quyushqondan chiqib ketdi. U shimini yechib tartib nazoratchilarini xaqoratlashga tushgan. Oqibatda u Gras shaxar qamoqxonasi kamerasiga joylashtirildi. Aktyor o’tgan yilda xam restoranda mushtlashgani, mast xolatda va xaydovchilik guvoxnomasiz avtomobil boshqargani, tungi klub qo’riqchilari bilan janjallashgani uchun panjara ortiga tushgandi. Muxbirlarning qayd etishicha, ana shunday qiziqqonligi bilan Sami Naseri, "Taksi" filmida o’ynagan Daniel qaxramoniga ikki tomchi suvdek o’xshab ketar ekan. | |
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 426 | | |