15:05:40 Matbuot markazi yangiliklari Harbiy sport oromgohlari | |
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy va mahalliy bo‘limlari Kengashlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan voyaga yetmaganlar (shu jumladan, ichki ishlar idoralarida hisobda turuvchi) o‘rtasida muayyan tarbiyaviy ishlarni olib borish belgilangan. Harakatning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri – voyaga yetmaganlar, shu jumladan, ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy-profilaktik ishlarni samarali olib borish, ichki ishlar bo‘limlarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlarni Harakatning boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilariga biriktirish orqali ular bilan yakka tartibda ishlashni tashkil etish hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda Harakatning mahalliy va hududiy bo‘limlari tomonidan qator loyihalar, tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati yozgi ta’til mavsumida oromgohlarga jalb etilmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida IIB profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar uchun Harbiy-sport oromgohlarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Oromgohni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va turli diniy ekstremistik oqimlarga, giyohvandlikka kirib ketish hollarining oldini olish, ularni sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish natijasida xulqi ijobiy tomongan o‘zgargan IIB profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlarni «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Tavsiyanomasiga ko‘ra hisobdan chiqarishdan iborat edi. Ushbu taklif O‘zbekiston «Kamolot» YoIH Vasiylik Kengashi tomonidan ma’qullanib, joylarda va Respublika miqyosida Harbiy-sport oromgohlarini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilingan edi. Oromgohlar har yili iyul-avgust oylari davomida «Kamolot» YoIHning joylardagi bo‘limlari va barcha viloyatlardagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibidagi vazirlik va tashkilotlar bo‘limlari hamkorligida tashkil etiladi. Mustaqillikning 20 yilligi arafasida Respublika bo‘yicha jami 1 500 nafar IIB profilaktik hisobidagi voyaga yetmaganlar Harbiy-sport oromgohlariga jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Shulardan 20% ga «Kamolot tavsiyanomalari» asosida hisobdan chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, oromgoh kunlari yoshlar “O‘zim haqimda”, “Oromgohdagi ilk kunlarim”, “Shu Vatanga bordir mening keragim” va “Hayr oromgoh” kabi mavzularda insholar yozadilar va rasmlar chizadilar Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sayt yangiliklari | Просмотров: 462 | |