menu
person

16:27:18
Meni senga eslatur Hudo...!
O'ylamassan xattoki bir zum,
Buni o'ylab qalbimda nido.
Urinsang gar unutmoqqa sen
Meni senga eslatar xudo.

Ko'ksimga tig' qadaganing rost,
Undan chiqar na sas na sado
Eslamoqni malol bilsang gar
Meni senga eslatar xudo.

Gul labiga shabnam qo'nsa gar,
Hayotingni tark etsa bahor,
O'zga qo'lni tutganing safar
Meni senga eslatar xudo.

Tushlaringda ko'rmay qo'ysang sen,
Menga kelar mungli bir sado.
G'amlaringga sherik bo'lsa tun,
Meni senga eslatar xudo.
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 404 | Добавил: ErKaToY
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]