menu
person

11:32:15
MODDA QURSIN
[b]Yigit bilan qiz avtobusda
ketishyapti. Qiz yigitga deydi:
— Xohlaysanmi, ko‘richagim
olib tashlangan joyni
ko‘rsataman.
Qiz badanini ko‘rish umidida
bo‘lgan yigit: “Ko‘rsat”, deydi.
Shunda qiz: “Anavi binoda”,
deya kasalxonani ko‘rsatadi.
Hozir bunday latifaga deyarli
hech kim kulmasa kerak. Chunki
qizlarimiz shunaqangi
kiyinishadiki, badanlaridan
ko‘richak olinadigan joylari u
yoqda tursin, undan pastlari
ham ochiq ko‘rinib turadi.
Yaqinda bir anjumanda
qatnashishga to‘g‘ri keldi.
Anjuman ishtirokchilariga
tarqatilgan materialdagi bir
nechta faktlar o‘ylantirib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi bir
asrda erkaklarimizning ham,
ayollarimizning ham kiyimlari
jiddiy o‘zgarib ketibdi. O‘tgan
asr boshlarida Sharq
ayollarining libosi — keng, uzun
ko‘ylak, kamzul va kalish-maxsi
bo‘lgan. An’anaga ko‘ra ayollar
ko‘ylagi badanning past-baland
joylarini bilintirmaydigan
darajada keng bo‘lishi, yenglari
esa bilaklarini to‘la yopib turishi
kerak edi.
Oradan o‘tgan 60-70 yil
mobaynida ayollarimizning ki­
yimlari tubdan o‘zgarib ketdi.
Hozirgi kunda nafaqat qizlar,
balki 40-50 yoshli ayollar ham
tor ko‘ylak va tor shim bilan bir
qatorda mini yubka, juda ham
tor shimlar kiyishmoqda.
“Endi kiyim ayollarning avratini
yashirishga emas, yanada
bo‘rttiribroq ko‘rsatishga
xizmat qila boshladi”, deb
ta’kidlanadi tarqatilgan
materialda. Darhaqiqat, avvallari
ayollar badanining atigi 5-6
foizi ochiq bo‘lgan bo‘lsa,
bugungi kunda yoz fasllarida
ayollarimiz badanining 50-60
foizi ochiqligi ko‘zga
tashlanmoqda.
Yoz fasli edi. Bozorda bir
tanishimni 17-18 yoshli qizi
bilan ko‘rib qoldim. Qizi
shunaqangi kiyinganki,
taxminan 4-sinfdagi yubkasini
kiyib olgandek ko‘rindi. Uning
ko‘rinishi har qanday erkakning
aqlini yo‘qotib qo‘yishiga olib
kelar darajada. Meni o‘ylantirgan
narsa ota va qizning shunday
yurishi bo‘ldi. Agar qizini
tanimaganimda tanishim
jazmani bilan yuribdi, degan
xayolga borardim. Nahotki, shu
darajaga yetib borgan bo‘lsak?!
Badani ochiq ayollar u yoqda
tursin, hatto hijob kiygan qiz-
juvonlar ham shunday tor libos
kiyishadiki, go‘yoki shu bilan o‘z
badanlarini ko‘z-ko‘z qilmoqchi
bo‘layotganga o‘xshashadi.
Nahotki farosatimiz shu
darajada siyqalashib ketgan
bo‘lsa, degan xayolga boraman.
Hamda harbiydan dars bergan
o‘qituvchimizning qizlarni
urishganda “Mo‘ddaning uyiga
o‘t tushsin” degan gaplarini
eslayman.[/b]
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sayt yangiliklari | Просмотров: 751 | Добавил: Captiva | Теги: MODDA QURSIN
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]