Insonlarning yangilik va mo’jiza yaratish uchun qilingan xatti harakatlar 4 000 yil oldin jazirama issiq Mesopatamiyada mashxur insonlarning "Muz uylari” da muzqaymoqning kelisiga sabab bo’ldi. Misr fir'avnlarning dasturxonlariga muzni Nil bo’ylab olib kelishar edi. Mil.av. V asrda Afinada qordan yasalgan asalli va mevali qorlar sotilganligi ma’lum. Mil.av. IV asrda esa Bobilliklar maxsus qurilmani qurishdi, unga ko’ra qishda tog’ choqqisidan olingan qorlar butun yoz saqlanar edi. Aynan Bobilda hozirgi muzqaymoqning prototipi muzlangan pushti rangli suv, mevalar va yupqa xamirli taomlar yaratilgan.  Muzqaymoqni yaratish uchun maxsus qurilmalar muzlatgich kashf etilishidan ancha oldin Xitoyda kashf etilgan
. Massaliqlar katta idishga muz va silitra qo’shib aralashtirishar edi. Fransiyada selitra o’rniga tuz ishlatishni boshlashgan. Ilk "muzqaymoqchilarning” ishlash prinsipi oddiy edi – tuzli suv 0Cdan past haroratda muzlaydi, katta hajmdagi muz bilan tuz shirin massaliqni 0dan past haroratda muzlash uchun yordam beradi, bu esa muzqaymoq uchun yetarly. Ilk muzqaymoq retsepti 1718 yili ingliz taomlar haqidagi kitobda chop etilgan. XIX asrning o’rtalariga kelib Angliyada muzqaymoq Norvegiyadan muz kelishi ta’minlanganligi uchun hammaga yetarli edi. Muzqaymoq sababli krem-soda (ice cream soda) ichimligi paydo bo’ldi. XIX asrda Amerikada alkagol va yaxna ichimliklar hali paydo bo’lmasdan oldin yakshanba kunlari yagona quvonch edi. Vaflilik muzqaymoq Amerikada 1904 yili paydo bo’lgan. Afsonaga ko’ra muzqaymoq sotuvchisida kartonlik likopchalari tugab qolgan edi, yonida ishlagan siriyalik vafli sotuvchisi esa haridorlar yo’q bo’lgani uchun hafa bo’lib o’tirgan ekan. Shunda ikkalasi birgalikda vafli ichida muzqaymoq sotilishni taklif qilishdi. Shunday qilib hozirda biz sevib iste’mol qiladigan aflilik muzqaymoqlar dunyoga keldi.  1950- yillarda muzqaymoqdagi havo hajmini oshirish va undagi sut hajmini kamaytirish yo’llari o’ylab topildi. Aynan shu davrdan boshlab muzqaymoq sanoati va muzlatgichlar kashf etildi va sevimli muzqaymoqlarning narxi tusha boshladi. Bugun muzqaymoqni iste’mol qiluvchilar yetakchisi davlat AQSH hisoblanadi har bir insonga yilliga 23 litr muzqaymoq to’g’ri keladi. Muz desertlar faqat muzqaymoq bilan cheklanib qolmaydi. Sharqda muz ichimliklar : shirin sharbat (yog’siz sut, sharbat va shirin mevalardan tayyorlangan sharbat) va sorbet (mevali pyure) mashhur. Italiya oshonasida yog’siz sut va tuxumdan tayyorlangan dessert (djelato) va yog’li sut va tuxum sarig’idan tayyorlangan shirin krem mavjud. Malaziyalik ice kasang nomli taom ham bor, uni shirin suv, muz va quyultirilgan sutdan tayyorlanadi.
Siz qaysi muzqaymoqni yoqtirasiz? Bir yilda qancha muzqaymoq yeya olasiz?
|