16:45:26 NAVRÖZ SOBIROV | |
Öz yönalishini turk va ozarbayjon yönalishida tanlagan Navröz Sobirov hozirda özbek estradasida öz örnini topdi desak mubolag'a bölmaydi. Hozirda ham tinimsiz izlanishda bölayotgan bu yosh ijodkor xonanda özining maftunkor raqslari va hush ovozi bilan barchaning e'tiboriga tushmoqda! Navröz Sobirov haqida qiziqarli ma'lumotlar: 1)Tug'ilgan joyi: Xorazm viloyati, Urganch shahri, ijodkorlar oilasida. 2)Tug'ilgan kun, oy, yil: 07.10.1992. 3)Dunyoqarashi: Og'ir, bosiq, jiddiy. 4)Ilk qadam qöygan maktabi: Alisher Navoiy nomidagi 9-sonli maktab. 5)Maktabdagi sevimli fanlari: Ona tili, adabiyot. 6)Qiziqishlari: Sport bilan shug'ullanish, she'riyat olami. 7)Hobbisi: Futbol öynash. 8)Sevimli mashg'uloti: Futbol öynash, futbol tomosha qilish. 9)San'atga qiziqishi: Bolaligidan. 10)Xonanda bölishiga asosiy sabablar: Ijodkorlar oilasida dunyoga kelgani, qiziqishi, hamda katta mas'uliyat va majburiyat tufayli. 11)Sevimli fasli: Yoz. 12)Yoqtirgan rangi: Oq va qizil. 13)Sevimli taomi: Xorazm milliy taomi- Tuxumbarak, shirinliklar. 14)Mashinasi: Qora EPICA. 15)Eng birinchi kuylagan qöshig'i: "Havasim qolmadi". 16)Eng katta orzusi: Özbekistonda xizmat körsatgan katta san'atkor xonanda bölib yetishish, xalqni duolarini olish. 17)Taqlid qiladigan idealidagi insoni: Turk Mega yulduzlari. 18)Yaqinlari: Otasi- Murod Sobirov, Onasi- Muhabbat Davletova, Akasi- Feruz Sobirov, Ukasi- Karimboy Sobirov. 19)Hayotdagi shiori: Faqat birinchi bölish. 20)Muhlislarga tilaklari: Doim sog'-salomat bölishsin. Zero muhlislarsiz san'atkor xonanda xonanda emas. Biz hamisha faqat shu aziz muhlislarimiz uchun kuylaymiz va tinimsiz izlanishdan charchamaymiz! Navröz Sobirovga biz ham ishlarida omadlar, ijodlarida yuksak parvozlarni tilab qolamiz! Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Просмотров: 793 | |