11:13:01 ONAJON.... | |
Ko’ngil ko’za sig’maydi dardlar, Oyni uzib oberolmayman. Dil ezilar qiynalar lablar, Bir yarimta gapirolmayman. Shundan mudom bo’ynimda gunoh, Gunohimni yashirolmayman. Kechani so’zlar qilganda so’roq, Bir yarimta gapirolmayman. Bir boshimda ming bir muddao, Dadam ruhin chaqirolmayman. Begonaga ishonib aslo, Bir yarimta gapirolmayman. Mehr oqibat haqida jim-jimador so’zlaru va bizlarga yeti yot begona bo’lgan insonlarga shirin so’zlarni bir soatlab gapirishni hammamiz ham eplaymizu, ammo dunyodagi bittayu bitta samimiy do’stimiz bo’lgan Onajonimzga kelganda, hatto birgina shirin so’z aytish qo’limizdan kelmas ekan. Onalar “farzandim mendan qolib baxtli saodatli yashasin, birovdan kam bo’lmasin” deb mehribonlik qilsa…Bizchi? Onamizniyam “kel endi shu kampirni 5 kunlik umri qoldimi yo’qmi ko’cha kuyda odamlarga meni maqtab gapirsin” deb o’z obro’yimizni o’ylab oqibat qilarkanmiz. So’zlarim sizlarga og’ir botib dilingizga ozor yetkizgan bo’lsam gaplarimni isbotini borib Qabristondan ko’ring...Qabristondan… Bahor devorlarin oftobin etaklaridan emas, yoki sizu biz yashayotgan koshonalardan emas… bahor qabristondan boshlanadi, o’sha qabristondagi qimmatbaho mar-mar toshlarga bitilgan so’zlarga etibor bering. “Onajon doyimo qalbimdasiz, Onajon qildingiz bizga jon fido. Ey voh taqdir sizdan ayridi judo…” Lekin har gal shu so’zlarni o’qiganimda, yurak bag’rimni bir samo ezadi dilim. Marhumlar tirikligida “Onajon” degan so’zni bir martagina o’z qulog’i bilan eshitganmikin. Lekin baribir Onalarga qaytadan jon ato etilganida, birorta ona o’z farzandini yomonlab gapirmas edi. Aksincha ularni maqtab gapirgan bo’lar edilar. Bir kuni Payg’ambarimiz Muhammad Sallal laho alaihi wasallam, marhumlarni ziyorat qilmog’ uchun ziyoratga boribdilar, Bir qabr yonidan o’tib ketayotgan payitlarida, nolali bir faryod eshitilibdi. “Olovda yonayapman olovda, dardimni eshitmas Parvardigorim” Ortlariga qaytdilarda Payg’ambarimiz Sallal laho alaihi wasallam shunda “buyurdim aytganing ahli jolig’i.” Qabristonga borib har bir odam o’tirsin, o’ziga tegishli qabr yoniga, qarasalar nolali qabristondan cho’q tushib o’tirmush bir mushtipar ona. Onadan so’radi Sarvari oqil, “Bu qabrda kiming bor ey muhtarama zot?” [i]“O’g’lim…o’g’lim” dedi ona. Lekin bunday farzanddan men bezorman …noroziman Ya Rasulullah.”[/i] Rasululloh ham so’radi yaratgandan “Pardani ko’targin Ya Qodir Alloh.” Parda ko’tarildi shu onda, Ona qarasa olov bilan to’lgan emish o’glining qabri. Onaning ko’zida yosh emas, og’zi qonib yaratganga uchdi onaning zori, “Bor Xudo Ya, Karami keng Xudo Ya, shuncha azoblarda qolmishmi bolam, mehringni dariq tutma boqqin qiyo Ya, roziman men undan rozi bo’l sen ham. “ Olov tindi shu dam o’glin qabrida, do’zah olovi bor ona qahrida. Unutmang mehri jannat marhami. Eh birodar u dunyoning eng so’ngi bir savoli bor. Seni qabrga qo’ygandan so’ng kimlar savol beradi. “Ey haloyiq marhum qanday odam edi?” Shu dam…shu dam yaxshiliginni eslaydigan zot bo’lsinlar, “yaxshi odam edi” deyishlari nasibu ro’za aylasin. | |
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 632 | |