14:47:31 PUL O'LSIN-A......... | |
Oybek domla o’zining “Qutlug’ qon” romanida Mirzakarimboy tilidan: “Pul hamma narsaning otasi… pul belga quvvat, boshga toj. Puldor odam qanotli odam, bu qanot bilan mag’ribdan mashriqqacha uchasan, hamma yerda oshna-og’ayni do’st topasan”deydi…. O’zbek xalq maqollarida “Puli borlar yo’rg’a yo’rg’a, puli yo’qlar zo’rg’a zo’rg’a”, “Pulsiz bozorga borguncha, kafansiz mozorga bor”deyiladi…. Yaxudiylarning bundan 3000 yil avval yaratilgan “Talmud” kitobida yozilishicha:”Pul odamni oyoqqa turg’azadi”…. Olmon xalqi “Pul beraman desang shayton ham raqsga tushadi”, “Pul barcha cho’ntaklarga bir xilda yarashadi”desa, Polyaklar “Pulning ko’pligi kishini ishyoqmas va tanbal qilib qo’yadi”deydi… Litvaliklar to’g’ridan-to’g’ri “{Pul qari qotil”deb gapni qisqa qilib qo’yishadi… F.Nitsshe 1880 yilda uni “Hokimiyat qo’lidagi lom” deb tasvirlagan ekan. Vartburgliklar hamisha “Puldor bo’lsang do’sting ko’payar” deb yurishadi. X.Abshats degan nemis olimi pulni “Pul hamma ishlarda ustasi farang, “yo’q, bo’lmaydi”larni “xo’p, bo’ladi”ga aylantirishda unga teng keladigan yo’q” deb yozadi. Buyuk rus yozuvchisi l. Tolstoyning fikricha esa “Pul qullikning yangi bir ko’rinishidir”. A.Shopenxauerning fikricha “Pul odamlarning abstract baxt saodatidir”emish… Eramizdan avvalgi 400-yillarda yashab ijod qilgan Sofokl pulni “insoniyat gardanidagi eng katta tavqi lan’atdir”deb tasvirlagan bo’lsa, portugalyaliklar “pul barcha narsalarning mezonidir” deb ko’klarga ko’targan…. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 432 | | |