menu
person

03:50:46
Qalb yig'lar
Qalb yig'lar
Armondan sevgidan kuydi bu yurak ,
Na choram bor endi boraqol sevgim .
Ayriliqqa qanday chidashim kerak ?
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?

Sevgisiga yetmagan bitta menmikan ?
Majnun ham sahroni zor kezganmikan ?
Yasharman taqdirga nochor berib tan ,
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?

Ahli ish azaldan armonda qolgan ,
Sevgiga yetolmay alamda qolgan .
Visoldan emas yo'q firoqdan tolgan .
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?

Hayot shunday ekan , ne ham qilaman ,
Majnun kabi men ham sahro kechaman .
Ayriliq azobin har dam sezaman .
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?
Категория: sms sherlar | Просмотров: 408 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]