05:24:37 Qandayin ko'z... | |
Bu qandayin ko`z bo`ldi?- Kulib turib yig`laydi. Bahor kelmay kuz bo`ldi- Boychechaklar sig`maydi… Ket. Ortingga qarama- Ko`zda yoshlar aldamchi. Gunox qildim. Qarg`ama, Million darra ur qamchi… Hayr dema. Hayrning- Ohirida salom bor. So`zlatmagin, ko`ksimda- Aytilmagan kalom bor. Toshlar botar ko`changdan- O`tolmayman, o`tmayman. Kuz ko`ksingdan bahorni- Ming yil qaqshab kutmayman. Ko`ngil nima? Ko`ngil- kul So`nib bitgan so`nggi cho`g`. Qarama kul ko`ksimda- Muhabbatdan asar yo`q… Ketavergin. Ketaqol! Bardoshda bor chegara. Boychechakning qaddi dol- Qizg`aldoqda qalb yara. Davoim yo`q. Yashayman- Ishqdan qolgan qarg`ishda. Sening soching silar kun- Arshdan tushgan farishta… Ko`ksim abad kuz bo`ldi- Bahor deb dil tig`laydi! Bu qandayin ko`z bo`ldi? Kulib turib… yig`laydi… | |
Категория: sms sherlar | Просмотров: 400 | |