01:33:30 Qaysarimga atalgan qalbim nolalari | |
Sher yozmagan chin oshiq bormi? Xissiyotlar junbushga kelganda klavatura shaqqillatib wordga yozgan sherlarimni xammasi qaysar bitta qizni deb yozilgan. Siz ham o'qing. > > Ilgari > > Men ham sevsamku deya. > Ilgari uzoq hayol surardim. > Qayda men sevar gul deya. > Tasodif uchrashuvni kutib yurardim. > > Ishq degan olamni havas qilib. > Vafoli go'zal yorni qasd qilib. > Sevsam agar, jonimni dast qilib. > Quvonchla yo'llarida tutib turardim. > > Hayolimda sevgi shirin edi. > Shirin tuyg'ulari mayin edi. > Sevsam yor sevishi tayin edi. > Sevib sevilishni totib yurardim. > > Ammo...... > Noyabr 2008 > > > Sog'indim > > Yuragim huvillagan kulbadek. > Yurmoqdaman garang bo'lib telbadek. > Nolalarim eshitilmas sharpadek. > Sensiz.. seni qattiq sog'indim. > > Tirikmanu go'yo murdadek. > Hech kimga kerakmas burdadek. > Yuzimda rang yo'q ho'rdadek. > Sensiz.. seni qattiq sog'indim. > > Ozroq tushunsang netasan. > Qachon sog'indim deb aytasan. > Dilda figonim ko'p qaydasan. > Sensiz.. Seni qattiq sogindim. > > Balki mani yomon ko'rarsan. > Kimlardandir hol ham so'rarsan. > Kun kelib mani ham bilarsan. > Sensiz.. seni qattiq sog'indim. > > Bezovta qilib sendek gulni. > Sms yozdim og'ritib dilni. > Kechirib qo'y oshiq oshiqni. > Sensiz.. seni qattiq sog'indim. > Yanvar 2009 > > Sog'inib siqilganimda yozganlarim.. > > Sen bilan ko'nglim quvonchga to'lmasmidi? > Sen bilan jonim armonsiz o'lmasmidi? > Senga ko'p yalindim parvo qilmading. > Sendanmas Robbimdan seni so'rasam bo'lmasmidi? > > Bilmay seni sevdim mayliku. > Ishqingda zorlanganim hatoyimku. > So'ranglar beraman degan o'ziku. > Robbimdan seni so'rasam bo'lmasmidi. > > Har kun seni hayol surib yotguncha. > Hijroningdan qiynalib azob totguncha. > Undan ko'ra tunda tong otguncha. > Robbimdan seni so'rasam bo'lmasmidi. > > Ko'zim yo'llaringa umidla boqar. > Balki taqdirimda bo'lsang quvonar. > Duoda so'rayman endi har safar. > Robbimdan seni so'rasam bo'lmasmidi.? > > Yanvar 2009 > > > Meni aldaganda chidolmay g'azab bilan yozganlarim! > > Senmasmisan? > > Dunyodagi eng bag'ritosh qiz senmasmisan. > Raxm nima bilmagan yovuz senmasmisan. > Umid yaproqlarini to'kkan kuz senmasmisan. > Bet o'rniga tovon yopishgan yuz senmasmisan. > > Sevishimni bilarding ming martalab. > Shuning uchun ermak qilding har tun, ertalab. > Sevgidan ezilgan qalbimni tirnalab. > Yaramga sepilgan tuz senmasmisan? > > Bilaman yaxshi qizsan, zo'rsan. > So'zingni o'tqazuvchi o'ta qo'rsan. > Chin sevgimni ham ko'rmagan ko'rsan. > Asli nursiz bo'lgan yulduz senmasmisan? > > Tunni kunga ulab nima qilasan? > O'zingni ham aldab nima qilasan? > Kimsan o'zi na buni bilasan? > Oppoq bo'lib ko'ringan sovuq muz senmasmisan? > > Yolg'onlardan so'ldi sevgim lolasi. > Armonlardan tindi hislarim shalolasi. > Yo'q endi qalbimning LOLASI. > Shirin so'z bilmagan zahar og'iz senmasmisan? > > Bilmay gul deganim tikan ekan. > Qalbi sof desam chirigan ekan. > Aslida axtarganim topilmagan ekan. > Ko'zimga go'zal bo'lib ko'ringan yalmog'iz senmasmisan? > > Iyun 2008 Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 423 | |