01:07:39 Salom meni hech kimim...Manalog | |
Salom meni hech kimim. Sizni juda kutkandim Qalbimdagi yorqinim vujudimni tutkanda.... Salomlashdik dil yonib tortinib juratlardan, Ikkimiz ham bezormiz ortiqcha g’iybatlardan.... Sizni tanir oilam faqat aytim hech kim deb, O’rtar bizni g’am alam huddi bizlar hech kimdak.. Bilasizmi hech kimim sizni doim eslayman, Shodlikda o’tsa kunim va g’amimda unitmayaman... Ko’plarga boqdim biroq kimga yoqdim yoqmadim, Yuragimga yaqinroq sizdan o’zga topmadim, Ozor topsa yuragim dildan sizga suyandim Olisligingiz eslab yolg’iz o’zim kuyardim, Sizga aytsam sirlarim tushimda barmog’ingiz… Ko’zlarimga surardim, lablarimga bosardim, Tushda ko’rmoq gunohmi Bilolmay bo’ldim hayron. Ihtiyorsiz gunohdan hayol sochildi haryon... Shunday gaplar hech kimim sizda ahvolar qalay? Hayotda topib qo’nin bahtlidirsiz harqalay, Indamasyiz tan olib dilingizda dardlar ko’p Aytar so’zingiz qolib aldaydigan gaplar ko’p.... So’z ochmaysiz sevgidan go’yo bizlar begona, Ishqni o’ylaymiz har dam ishq ko’prikdir yagona... Yana shitobdak ketib nelardandir qochdik biz, So’ngda qadriga yetib g’am kitobin ochdik biz... Ketar chog’i so’zingiz nelarni aytmay qoldi? Ko’zingizda nur o’rnin mana yana g’am oldi, Siz aytmaysiz men ham jim, bilmay yenga olamiz Keyin aytarman deya yana galga solamiz Necha yilki shu ahvol barcha gapdan qaytilmas Ikki og’iz so’z malol keraklisi aytilmas, Kech ham kirib qolibti uyga chopishim kerak... Kun salqinlab qolibti sizga ham orom kerak, Bu raqamim, manzilim lek qo’ng’iroq qilmaysiz Biz taqdirni xazili siz xazilni bilmaysiz... Mayli hayr hech kimim, ko’rishguncha hech kimim! | |
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 649 | |