menu
person

07:04:02
SARDOR RAHIMHON ISHONMASMAN
Yana bir sen kabi jonon
Borligiga ishonmasman.
So'zingdek so'zlari dono
Borligiga ishonmasman.
Sochingdan tarqalur anbar
Desam kamlik qilur dilbar,
Bo'yingdek bo'ylari zebo,
Borligiga ishonmasman.
Jim qolar to'zg'igan shamol
Agar sen tabassum qilsang,
Seningdek bulbuli go'yo
Borligiga ishonmasman.
Adoying ko'p, fidoying ko'p,
Shaydoying ko'pdur dunyoda
Senga mendek biror shaydo
Borligiga ishonmasman.
Yana bir sen kabi jonon
Borligigiga ishonmasman.
So'zingdek so'zlari dono
Borligiga ishonmasman.


Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qo'shiq matni | Просмотров: 580 | Добавил: ALI-90
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]