menu
person

21:49:16
Ko`zlaringizga boqolmayman!
Balki bu havas, balki sevgi,
Gohi o`zim ham tushunmayman,
Boshimni egdi bu ajib his,
Ko`zlaringizga boqolmayman.

Quvonchla siz tomon shosharman,
Panalardan to`yib boqarman,
Yoningizga borganda afsus,
Ko`zlaringizga qarolmayman.

O`zgalardan ne farqi bordir,
Ne farqi bor o`zda ko`zlardan,
Lek pinhona boqsam gar men,
Qamashar ko`zlarim nuridan.

Bilmam ne uchun nega axir,
Qo`rqarman oshkora boqishdan,
Yetmas juratim,yetmas kuchim.
Ojizman ko`zlaringiz sehridan.

Siz o`zgachasiz, siz boshqacha,
Xech bir inson sizga o`xshamas,
Sevgisi ila yoningizda,
Xech kim mendek devona bo`lmas.
Ko`zlaringizga boqolmayman!
Категория: sms sherlar | Просмотров: 460 | Добавил: _Salima_Shumtaka_ | Теги: shumtaka
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]