menu
person

05:35:39
Sevasizmi Degil...!
Sevasizmi...?

"Sevasizmi”-degil, Savollar yog’dir,
Bor gapni sug’urib olgin ko’nglimdan
Jim qovushtirilgan qo’llarim oxir
Ohista sirg’alib tushar qo’ynimdan

"Sevasizmi”-degil Savol ber, qiyna
Nursiz kunlarimning bitsin hisobi
Tug’yonli onlarga chorlasin yana
Sovuq bo’salarning qaynoq azobi

"Sevasizmi”-degil So’rayver, so’ra
Nigohim titrasin oppoq ko’ksingda
Parishon aksimni bir nafas ko’ray
Parishon o’tinib turgan ko’zingda!..
Категория: sms sherlar | Просмотров: 504 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]