20:37:19 ~~~~SEVISHLARING~~~~ | |
Ko'z oldimdan ketmas sening gulishlaring, “ Sensan” deya sirli boqib durishlaring. Muhabbatning armonidan ezilib oh urishlaring, Nechun avval bilmagandim,jonim meni sevishlaring?. Ko'zlaringga boqsam nogoh,hur taralar ko'zlaringdan, Oshiq qalbning shirin kuyin sasi kelar so'zlaringdan. Axir men ham sevgan edim,bilmadingmi ko'zlarimdan?, Nechun avval aytmaganding jopnim meni sevishlaring?. To'lg'onaman kechalari uyqu kelmas ko'zimga, So'ylay desam dardlarimni,ma'no yo'qdir so'zimda. Sensiz olam qorong'udir,tordir dunyo ko'zimga, Kechir jonim bilmagandim mensiz nechog kuyishlaring. Soginchlardan zor-zor yiglab meni chindan sevishlaring. Yonib turgan mehr, to'la ko'zlaringga qonmas edim, Oshiq darding oshkor etgan so'zlaringga yonmas edim. Ammo sening sevging ila yashashimdan tolmas edim. Avf et jonim oshanda men sevgingga ishonmas edim. Bilganimda seni bunday ahvollarga solmas edim...... Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 428 | |