menu
person

01:24:53
Tis.....umrboqiylik afsonasi
Salom aziz saytdoshlarim! Bugungi mavzuyim afsonaga aylangan Tis daraxti xaqida. Bu daraxt haqida ma'lumotlarni net.da, tv.da olganman. Ularni umumlashtirib o'z nazariyam bilan sizlarga taqdim etyabman, o'qing juda qiziq.
Tis daraxti xaqida balki eshitgandirsiz uning afsonaga aylanganligiga sabab, tirik jonzotlar ichida umrboqiy daraxt hisoblanganidir..
Tis daraxti hozirda Yevropaning bir qancha davlatlarida Fransiya, Shvedsariya, Angliya...davlatlarida mavjud. Ularning eng yoshi ulug'i 4000 yil avval ekilgan. Bu miloddan avvalgi yil degani. Xo'sh bu daraxt qanday qilib hozirgi vaqtgacha yashab kelmoqda? Buni sababini bilish uchun miloddan avvalgi yillarga hayolan sayohat qilamiz.
Qonli urushlar.. Odamlar nochorlikdan qiynalgan davrlar. O'shanda Tisni inson halok bo'lganda uning qabri ustiga ekishgan. Balki o'sha davrda ham bilishgandir bu daraxtning umrboqiyligini.. Oradan yillar o'tdi. Tisni atrofidagi daraxtlar o'sib meva tugib katta daraxtga aylanishgandi lekin, Tis xali ham nihol edi. Haa bu daraxt juda sekin o'sardi. Oradan yana yillar o'tdi. Qonli urushlar zamonni ancha qiynab qo'ygandi. Tis ham boshqa daraxtlar singari katta daraxt bo'lib yetishdi. Urushga askarlarga qurol yasash uchun barcha daraxtlar kesilib ketildi lekin, hech kim Tisga tegishmasdi. Sabab odamlar bilishgan bu daraxtning tagida qabr borligini. Tis qonli urushlardan shu tariqa omon qoldi. Yillar o'tdi. Shamol, bo'ron, to'fon, jala va chaqmoqlar.. bu tabiiy ofatlar ko'pchilik daraxtlarni nobud qildi. Eng og'ir, enli, chayir daraxtlargina bu tabiiy ofatlarga bardosh bera oldi. Ular orasida Tis ham bor edi..
Tis daraxtining enli va chayir tanasi eng kuchli to'fonlarga ham bardosh bera oladi. Boya aytganimday Tis juda sekin (dastlab eniga keyin esa bo'yiga)o'sishi uni chayir rezinaday tanaga ega bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu daraxtning o'sish tezligi yiliga 1milemetr.
Milodning dastlabki yillari. Tis ancha yetilib, kotta daraxtga aylangandi. Zararkunanda hasharotlar atrofdagi daraxtlarga ziyon yetkazib, chirishiga sabab bo'ldi. Lekin, Tisga hech qaysi hasharot yaqin kela olmasdi. Chunki Tis daraxtining yerga tushgan barglari o'zidan zararli xid chiqarib daraxtni xasharotlardan himoya qilasdi..
Tis o'zidan zararli xid chiqarishi sabab zararli daraxtlar safiga ham kiradi. Bu daraxtning xidi insonlarlarga ham zararli bo'lib unga yaqin kelish qiyin. Hozirda daraxtning tanasini uyning shiftiga yog'och sifatida ishlatiladi va bu bakteriyalarni nobud qilishga yordam beradi.
Yana yillar o'tdi. Barcha daraxtlar singari Tisning xam umri tugab chiriy boshlagandi. Atrofdan o'tgan odamlar: "Haa bu daraxt tamom bo'libdi"-deb o'ylashlari aniq edi. Chunki daraxt rostdan xam chirib tamom bo'lgandi. Naxot Tisning umri tugagan bo'lsa..
Yana yillar o'tdi. Tis.... u yashayapti.. Ha ishonish qiyin huddi o'sha daraxt hali ham tirik faqat endi, tanasi yangitdan ekilgan. Lekin uni kim ekdi?..
Tis daraxtining eng qudratli jihati o'zini-o'zi qayta ekishidir. Tis daraxti chiriy boshlagach uning yuqoridagi shoxlari o'sish trayektoriyasini o'zgartirib 180'ga qayriladi ya'ni, yuroriga o'sayotgan shox pastga qayrilib pastga tomon o'sa boshlaydi. Yirik shoxlaridan chiqqan mayda shoxlar ham pastga tomon qarab o'sadi. Oxir oqibat shoxlar yer qatlamiga kirib ketadi va endi bu shoxlar Tis daraxtining yangi tomirlari fazifasini bajaradi. Eski tana chirib bo'lgach yerga to'kiladi va bora-bora o'rnini yangi tana egallaydi. Ha bu daraxt abadiylik sirini topdi.
Hozirgi zamonamiz. Necha-necha sinovlardan o'tib kelgan Tis daraxtlaridan biri, hozirda Angliyada bog'idagi daraxtlar orasida yashashda davom etmoqda. Hozirda bu daraxtning yonida kelin-kuyovlar nikohlari o'qiladi, sevishganlar rasmga tushishadi. Axir bu daraxt necha ajdodlarni ko'rmadi deysiz.. va bundan keyin ham juda ko'p avlodlarni ko'radi, bunga shubha yo'q!

(keltirilgan ma'lumotda kamchilik bo'lishi mumkin)
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 718 | Добавил: Bek_5005
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]