menu
person

18:24:46
Tohir Sodiqov
Men 1973 yil 1 iyulda Toshkent shahrining markazi Eski shaharda tavallud topganman. 1980 yildan 1990 yilga qadar 41-o`rta maktabda tahsil olganman. Aynan shu maktabda men, 1-sinfdan to 11-sinfgacha o`qiganman. 1989 yilda esa, "Bolalar" guruhini tashkil qilganmiz.
Oilaliman. 3 ta asal farzandlarim bor. Otam vafot etganlar. Onamlar esa, uy bekasi.
Bevosita ijodimga to`xtaladigan bo`lsam, shu davrgacha 280dan ortiq taronalar yaratilgan. Shulardan 10ga yaqin qo`shiqlarimga klip suratga olingan. Albomlarim soni 28 ta.
"Bolalar" guruhi shu kungacha minglab sovrinlar egasi. Shular qatorida, "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist", O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonlaridan ta`sis etilgan "Nihol" mukofoti hamda "Tarona" mukofotlarini kiritish mumkin. Diplom va sertifikatlar soni esa, 500 ga yaqin.
Gastrol safarlariga keladigan bo`lsak, yiliga o`rta hisobda 60tadan deb hisoblasak, shu kungacha 1000dan ortiq gastrol safarlarini uyushtirganmiz. Vatanimiz, Ona yurtimiz O`zbekistonning barcha yerlarida konsert dasturlarimiz bilan ishtirok etganmiz.


Прикрепления: Rasm 1
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Просмотров: 705 | Добавил: ALI-90
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]