menu
person

06:23:51
Tug'ulgan Sanangiz...

1.
Bu kuni tug`ilganlarning xotirasi pastroq bo`lib, ayrim voqealarni
unutib qo`yadi. Turmush qurishda doimo baxti yurishavermaydi. Agar
turmush o`rog`i mahkam turmasa uyi buzilib ketsa ham parvo qilmaydi. 

2.
Bu kuni tug`ilganlar ko`ngliga yaqin odami bilan ruhan yaqinlashishga
moyil bo`ladi. Sevgiga aql bilan yondoshadilar. O`ziga ruhan yaqinlar
bilan turmush qurishni xohlaydilar. 

3. Bu
kun tug`ilganlar o`zlarining shiddatkorliklari bilan ajralib turadilar.
Ko`ngilxushlik jonu-dili. Nafsni qondirmaguncha tinchimaydilar. Doimo
o`zlarini boshqalardan bir pog`ona ustun qo`yadilar. 

4. Bu
kun tug`ilganlar boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek
ular bilan ham oldi-berdi qilish qiyin. Intim munosabatda juda sust.
Tushkunlikka beriluvchan, o`ziga sodiq odamni qo`llab turishga doim
muhtoj va qizg`anchiq bo`lishadi. Unaqalar bilan yashash uchun
sabr-bardoshli bo`lish kerak. 

5.Shu
kuni tug`ilganlar pulni juda yaxshi ko`rishadi. O`zlariga bino qo`ygan
bo`ladilar. O`zlariga uncha qaramasalarda, pul topib boyish payida
bo`ladilar. 

6. Bu
kunda tug`ilganlar hissiyotli, xayolparast, o`z e`tiqodlariga sodiq
bo`ladilar. ko`pincha o`z hissiyotlari uyg`unlashtirib yuboradilar. 

7. Shu
kuni tug`ilganlar bilan ehtiyotkorroq bo`lish zarur. Chunki ularning
fikri tez-tez o`zgarib turadi. Bir joyda turolmaydilar, doim yaxshi
sherik axtarib yuradilar, shuning uchun ham ikkinchi bor
yostiqdoshlarini almashtirishga to`g`ri keladi. 

8. Bu
kunda tug`ilganlar hissiyotli, o`z do`stlariga sodiq bo`ladilar. Lekin
ularni ko`pincha eng ishonganlari ham "sotadi". Ularni tushunish va
sevish murakkab bo`lib, agar ular sevsalar qattiq sevadilar. 

9. Bu
odamlar hohishni bayon qilishga ojiz bo`ladilar. To`qqizinchida
tug`ilganlar kamdan-kam sevib qoladilar, ammo sevsalar bir umrga vafodor
bo`ladilar. Ular bir marta xato qiladilar. O`zlariga mos kishjilar
bilan tez kirishib ketadilar. 

10.
Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni tug`ilganlar ham o`ziga
o`xshagan qobiliyatli sherik izlaydilar. Ular bilan kelishish oson.

11. Bu
kuni tug`ilganlarning ko`ngli ochiq va sadoqatli bo`ladilar. Sotqinlik
va mag`lubiyatni ko`tara olmaydilar. Ular mustaqillikka intiladilar,
lekin mustaqil yashashga qodir emaslar. Ularning hayoti doimo kurashdan
iborat. 

12. Ular
bilan yashash oson, ko`ngli ochiq, o`zlariga o`xshaganlarni izlab
yuradilar, yumshoq xarakterli, ularga qattiq gapirib ish bitkazib
bo`lmaydi. Ularga muhabbat bilan yumshoq so`zlar muomila qilib ko`p
narsaga erishish mumkin. 

13.
Ular hissiyotida qiyinchiliklar bor. Bunaqa odamlar ichki tomondan
doimo birortasini qo`llashga muhtoj. Ular bilan doim birga yashash
qiyin. 

14.
Bu kun tug`ilganlarga sherik bo`lish uchun boy odam bo`lish kerak.
Munosabati sovuq. Ularni sevib qolish ham mushkul, lekin o`ziga
tortadigan ohangrabosi bor. 

15.
Oyning 15-da tug`ilganlar xayolparast, sal narsaga lovullab yonadi,
shuncha tez "o`chadi". Yaxshi ta`minlangan puldor odamlar bilan tez
chiqishib ketadi. Agar uni yostiqdoshi tushunsa oilasi mustahkam
bo`ladi. 

16. Bu
kun tug`ilganlar kimgadir qattiq bog`lanib qolish xususiyatiga ega.
Lekin ko`p kishi bilan ko`proq bo`lish ham joniga tegadi. Turmushni
turli tomonlarini totib ko`rishga ishqiboz. Ishqiy munosabatda ehtirosga
ega lekin ko`ngli bo`sh. 

17. Hissiyoti kayfiyatiga qarab o`zgarib turadi. Agar sherigi pand bersa, aloqani butunlay uzadi. Turmushi kamdan-kam buziladi. 

18.
Juda ehtirosli bo`lsalarda, o`zlaridagi moyillikni aytishga uyaladi.
Buning uchun o`zlarini koyib yuradilar. Yumshoq momilali, juda kam
janjallashadi. 

19.
Bu kuni tug`ilganlar "o`zimniki to`g`ri" deydigan, churt
kesar,boshqalar uning uchun xizmat qilishni xohlaydigan fe`lga ega.
Biror masalani ko`pchilik bilan hal etishni istamaydi, yolg`iz o`zi hal
qilishni xohlaydi. 

20. Bu kuni tug`ilganlar ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun hamsevgan kishisi shunday bo`lishini xohlaydi. 

21. Bu kuni tug`ilganlar ham ruhan yaqinlikka moyil

bo`ladi. Ular juda beriluvchan bol`ishadi.

22. Bu
kuni tug`ilganlarning hissiyotlari kuchli emas. Agar sevib qolsalar bir
umr vafodor bo`ladilar. Qizg`anchiq, ko`ngli yarim kishilar. Arazchan,
ularni doim qo`llab turishi kerak. 

23.
Sherigiga o`z tazyiqini o`tkazishni yoqtiradigan, ehtirosli va unga
bo`ysunuvchan sherik topmoqchi. Agar shunday sherik topsa turmushi
yaxshi bo`ladi. 

24. Jismonan zaif, orzular dunyosida yashaydi. Ehtiros bilan sevadi, har xil ish bajarishni yaxshi ko`radi. 

25.Shu kuni tug`ilganlar ko`proq moddiy tomondan ta`minlangan odamlar bilan birga birga bo`lishni yoqtiradilar. 

26.
Juda sezgir bo`ladilar, ruhan yaqinlikka muhtoj, sevgan kishilari uchun
qurbon bo`lishga ham tayyor ko`ngilchangligiidan foydalanib turishadi.
Lekin qat`iyatli. 

27.
O`zgaruvchan, pulga yoki narsaga o`ch bo`lganligi uchun ham
og`machi,o`ziga o`xshaganlarni yaxshi ko`radi, ko`p kishi bilan kelishib
ketadi, aqlli, kuchli xarakterga ega. 

28. Chin
yurakdan sherigiga sadoqatli, kamtar, ruhan yaqinlikka moyil, yumshoq,
sherigi bilan kelishmasa voz kechishi oson. Ular bilan turmush qursa
baxtli bo`la oladilar. 

29. Bu
kuni tug`ilganlar o`ziga yoqqanlarni maqtanishni xush ko`radilar. Uni
ba`zida kimdir yo`naltirib turish kerak. Bu kuni tug`ilganlar
o`zgaruvchan bo`ladilar. 

30.Ular
o`z hukmini o`tkazishni yaxshi ko`radilar. Shuning uchun ularga yumshoq
so`z, yon beruvchi sherik zarur bo`ladi. O`ziga yoqqan narsani
orqasidan quvib yuradi va unga erishmaguncha qo`ymaydi, "sherigi" uning
yo`liga qanday yurganini ham sezmay qoladi. O`ziga bo`ysunuvchilar bilan
aloqada bo`lishni ko`proq yoqtiradilar. 

31.
Sadoqatli va ko`ngli toza, sevgiga sodiq bo`ladilar. Ular juda
jahldorva injiq bo`lishlari ham mumkin. Xara kterlari juda og`ir, bunaqa
odamlarni ko`nliga qarab yashaydigan odamlargina baxtli qila oladilar.




Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 584 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]