menu
person

20:18:46
www.fakultet.uz
Shamollar xazonlarni quvgan kabi
Har dam hayollarim izlaydi seni
Sokin tun bolishing quchganing kabi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Qaniydi kaftimni bosib yuzingga
Dardlaring, g’amlaring ololsam qani,
Zuhro ham Tohirni quchgani kabi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Nega yo’llarimiz bizlarning ayro,
Nega qalb tushunmas sendan men judo
Farishta duosiga tutilgan sado
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Telbadek kunlarim tunlarga ulab,
Shivirlar ostida erkamni kuylab,
Orzuning, umidning boshidan silab…
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Achchiq bo’lar ekan sog’inch so’rog’i
Tark etmas dilimni taqdir tuzog’i…
Subhidam yangrasa oshiqlar ohi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Manzilim yo’qotgan bir sayyoh kabi
Jonim deyolmasman sendan o’zgani
Doim so’roqlagan hislarim haqqi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 468 | Добавил: AYUBHON_1991 | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]