menu
person

20:24:22
www.fakultet.uz
Kecha aktyor bugun esa Rejissor! Bu gapni eshitib Nozim To'laxo'jayevning hozir dehqonam rejissor bo'lib ketmoqda degan nutqi yodimga keladi.....

Bugungi kunda o'zbek shou biznesi vakillari ya’ni kim aktyor va aktrisalar, rejissorlarning ishidan qoniqmagan ssenariylardan ko'ngli to'lmagan ijodkorlar o'zi rejissorlikka qo'l urishni boshlab yuborishdi. Bu namunani bizga ilk bor aktyor Farruh Soipov " Qalbim o'g'risi " filmi orqali ko'rsatib bergan edi.

Film u darajada muvaffaqiyat qozonmaganini bosh qahramon va rejissor Farruh Soipovning o'zi xam tan oladi. Mavzu Soipov haqida emas, balki unga havaskorlar aktyor Alisher Uzoqov va aktrisa Jamila G'ofurova haqida ketmoqda. Bu ikki ijodkor tez kunda yuqorida ta’kidlaganimizdek rejissor va ssenariy nafislardan ko'ngli to'lmagan holda katta ishga qo'l urishmoqchi.

Alisher UZOQOV:Tez yillarda ya’ni 2012 yili o'z rejissorligida yangi film suratga olmoqchi. Aytishicha ssenariyni yozishni hozirdan boshlab yubormoqchi, mavzu yuzasidan ma'lumot bermaslikni aytgan Uzoqov bosh qahramonda albatta o'zi bo’lishini takidladi. So'z yakunida agar bosh qahramoni birovga berib qo'ysam film kassabop chiqmaydi deb ta’kidlaydi Alisher Uzoqov.

Jamila G'OFUROVA: Ijodga qaytgan aktrisa Jamila G’ofurova suratga tushish bilan cheklanib qolmay katta ishga ya’ni rejissorlik qilish niyatida. Balki siz tomoningizdan qandaydir tanqidiy fikrlar bordir lekin aktrisa " shu kunlarda rejissorlardan biri tuzukroq ssenariy yoki harakterga ega obroz kutish, pashshaga doppi kiydirish bilan teng bo'lib qoldi. Shu sababdan shaddodligimni qo'ymagan holat o'zim yangi rejissorlikda debyut ishimni ko'rsatib, rejissorlik mana bunaqa bo'ladi deb qo'ymoqchiman...balki bu kulgili tuyilar ammo bu haqiqat. " O'zim uchun excin ( exshin ) stilidagi film ishlamasam bo'lmaydiganga o'xshaydi.... Rejissorlar mana bu ahvolda bo'sa ayb menda emas deydi aktrisa Jamila G'ofurova.
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Просмотров: 479 | Добавил: AYUBHON_1991 | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]