menu
person

16:32:45
Yangi «Moy Mir@Mail.ru SMS – notifikatsiyasi» servisi ishga tushirildi
«Moy Mir @Mail.ru SMS – notifikatsiyasi»

Qisqa raqam: 443

«Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» xizmati " Moy Mir " jamoat tarmog’ida do’stlaringizning yangi fikrlari va yaqinda kelgan xabarlar haqida xabardor bo’lish hamda SMS-xabarlar orqali ularga javob berish imkonini beradi.
Xizmatni boshqarish jarayoni:
Web-interfeys orqali «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» xizmatiga ulanish va uni sozlash.

Maqsadi: Web-interfeys orqali «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» xizmatiga ulanish.

Sharti: Siz «Мой Мир» jamoat tarmog’i foydalanuvchisi bo’lishingiz kerak

Asosiy qadamlari:
http://my.mail.ru web-saytiga kiring va ro’yxatdan o’ting.
Mening sozlashlarim->xabarlar bo’limiga kiring.
Agar Sizda yozuvga bog’langan mobil telefon raqami bo’lmasa, unda «Qo’shish» tugmasini bosish, telefon raqamini kiritish kerak, shundan so’ng telefoningizga SMS orqali maxfiy kod yuboriladi.
Maxsus joyga maxfiy kodni kiriting.
Agar maxfiy kod to’g’ri kiritilsa, raqam yozuvga bog’lanadi.
Mening mobil telefonim bandida Siz mobil telefonni sozlashingiz mumkin, ushbu telefon raqamiga xabarlar yuboriladi.
«SMS orqali Dunyo xabarlari haqida xabardor etilsin» blokida Siz voqealarni sozlashingiz mumkin.
Siz «Yangi fikrlar haqida xabardor etilsin» bandida belgi qo’yib, kimdan xabar olmoqchiligingizni va do’stlaringiz ro’yxatini ko’rsatasiz.
Shuningdek Siz bir sutkadagi xabarlarning maksimal sonini va vaqtini ko’rsatishingiz mumkin.
«Saqlash» tugmasini bosib, Siz SMS-notifikatsiyalar olishga roz ekaningizni bildirasiz.
«Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» olish.

Maqsadi: «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» olish.

Sharti: Sizda web-saytda «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» xizmati yoqilgan bo’lishi kerak. Agar jamoat tarmog’idagi Sizning sahifangizda biror-bir voqea yuz bersa, ulanganda Siz ko’rsatgan telefon raqamiga xabar yuboriladi. Xabarda sahifangizda qanday voqealar yuz bergani ko’rsatiladi va ushbu voqealarga javob berish uchun manzil keltiriladi.

Bir qancha shaxsiy xabarlar haqida SMS: Sizda 2 ta yangi shaxsiy xabar. O’qish: http://bk.ru/Az3dFsJ

Bir qancha fikrlar yoki bitta fikr va yangi shaxsiy xabar haqida SMS: Sizda «Мой Мир"da 3 ta yangi voqea. Ko’rish: http://bk.ru/Az3dFsJ

Bir qancha jahon veqealari va pochta xabarlari haqida SMS: Sizda «Мой Мир"da 5 ta yangi xat va 17 ta yangi voqea.

Ko’rish: http://m.mail.ru

«Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» oddiy SMS-xabardek saqlanadi va abonent bir hafta davomida unda ko’rsatilgan manzil orqali jamoat tarmog’iga kirishi mumkin.

«Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi"dagi manzil jamoat tarmog’ining mobil versiyasiga o’tkazadi. U orqali o’tganda SMS-notifikatsiya ko’rsatgan voqea sahifasi ochiladi.
Boshqa foydalanuvchi fikriga izoh bildirish

Maqsadi: 443 qisqa raqamiga SMS yuborish orqali boshqa foydalanuvchining fikriga izoh bildirish.

Sharti: Sizda web-saytda do’stlaringizning yangi fikrlari to’g’risida «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» olish xizmati yoqilgan bo’lishi kerak.

Asosiy qadamlari:
Foydalanuvchi firkri to’g’risida SMS-notifikatsiya olish (ushbu foydalanuvchi fikriga Siz avval yozilgan bo’lishingiz kerak).
443 qisqa raqamiga javob SMS-xabari yozib, Siz oxirgi kelgan fikrga izoh bildirishingiz mumkin. Yuborilgan izoh do’stingiz sahifasida va «Qanday yangilik bor?» lentasida aks etadi.
Shaxsiy xabarlarga javob.

Maqsadi: 443 qisqa raqamiga SMS yuborib, jamoat tarmog’i sahifasida qoldirilgan shaxsiy xabarga javob yozish.

Sharti: Sizda «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» olish xizmati yoqilgan va sozlangan bo’lishi kerak.

Asosiy qadamlari:

Siz do’stingiz bo’lgan boshqa foydalanuvchidan «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi» orqali shaxsiy xabar olasiz. 443 qisqa raqamiga javob SMS-xabar yuborib, Siz javob xabari matnini yuborasiz, u jamoat tarmog’idagi shaxsiy xabarlaringizda aks etadi. Javob xabari quyidagi talabga muvofiq kelishi kerak: SMS-notifikatsiyada ko’rsatilgan raqamlardan boshlanishi va javob xabari raqamlaridan va matnidan iborat bo’lishi kerak.

Misol: «23 Albatta ertaga mazza qilib xursandchilik qilamiz!»
Alohida foydalanuvchilarning fikrlari va shaxsiy xabarlari haqida «Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi"ni o’chirish.

Maqsadi: alohida foydalanuvchilarning fikrlari va shaxsiy xabarlari haqida SMS-notifikatsiyalari olish imkoniyatini o’chirish.

Sharti: Sizda „Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi“ olish xizmati va boshqa foydalanuvchilarning fikrlarini va shaxsiy xabarlarini olish yo’qilgan bo’lishi kerak.

Asosiy qadamlari:
http://my.mail.ru web-saytiga kiring va ro’yxatdan o’ting.
Mening sozlashlarim->xabarlar bo’limiga kiring.
Fikrlar yoki shaxsiy xabarlar to’g’risida SMS-notifikatsiyalar olishni o’chiring.
„Moy Mir@Mail.ru SMS — notifikatsiyasi“ xizmatini o’chiring.

Maqsadi: SMS-notifikatsiyalar olishni o’chirish.

Sharti: Sizda SMS-notifikatsiyalar olish xizmati yoqilgan bo’lishi kerak.

Asosiy qadamlari:
http://my.mail.ru web-saytiga kiring va ro’yxatdan o’ting.
Mening sozlashlarim->xabarlar bo’limiga kiring.
SMS orqali dunyo voqealari haqida xabardor etilsin» bandidagi belgini bekor qiling.
«Saqlash» tugmasi orqali sozlashlarni saqlang.
Telefondan keladigan barcha SMS-notifikatsiyalarni o’chirish.

Maqsadi: barcha ulangan notifikatsiyalarni o’chirish.

Sharti: Sizda SMS-notofikatsiyalar olish xizmati ulangan bo’lishi kerak.

Asosiy qadamlari:

Servisdan kelgan SMS-xabarga javoban registrni hisobga olmay, 443 raqamiga «stop» yoki «STOP» yuborishingiz mumkin. Bunda barcha SMS-xabarlar o’chiriladi.
Narxi

443 raqamiga chiquvchi barcha xabarlar o’rnatilgan tarif rejaga muvofiq tarmoq ichidagi xabarlardek narxlanadi.

443 raqamidan kiruvchi barcha xabarlar narxi — $0.

Xizmat «Inform-Mobil Tashkent» KP bilan hamkorlikda taqdim etiladi.
Xizmatlar
VIP Kun
SMS to e-mail
Kompyuterdan SMS/MMS yuborish
Telefondan foydalanish qoidalari
Shaharlarning kodlari
Chaqirishni taqiqlash
SMS-paketlar
Xalqaro SMS-paketlar
Sevimli raqam
Mobil E-mail
«Moy Mir @Mail.ru SMS – notifikatsiyasi»
Xalqaro aloqadan foydalanish imkoniyati
Konferens-aloqa
SMS-Ekstra
МMS-paketlar
SMS
MMS
Tungi muloqot
Error SMS

Bizga
qo'ng'iroq
qilling:
(+998
97)
103
0909
(+998
97)
103
0909

Intеrnеt-yordаmchi
.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sayt yangiliklari | Просмотров: 510 | Добавил: MitraStudio | Теги: MTS
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]