menu
person

14:15:23
YEVGENIY UBIYKO KASHFIYOTI.
Rus kashfiyotchisi Yevgeniy
Ubiyko dunyoni global
kataklizmdan ya’ni qadimgi
mayya qabilasi bashoratiga
ko`ra dunyo global kataklizm
orqali yo`q bo`lib ketishda insonlarni qutqarib qolish
maqsadida antiqa batiskafni
o`ylab topdi. Kashf etilgan bu
qurilma mini suv osti batiskafi
olovda yonmaydi, suvda
cho`kmaydi. Butun dunyo bo`ylab namoyish etilayotgan
" 2012 " filmi insonlarni
o`ylantirib qo`ydi, oxirat
paytida qanday tirik qolish
mumkin? Kashfiyotchi shu maqsadda
ajoyib mini batiskafni ixtiro
qildi. Bu batiskaf ikki kishilik
bo`lib, qaynoq vulqon
suyuqligi, daxshatli toshqin va
olovdan saqlaydi. Ilgari Sobiq ittifoq davrida
AQSH va Rossiya o`rtasida
boshlangan sovuq urush ya’ni
qurollanish poygasi davrida
bu davlatlar o`zlarini ximoya
qilish uchun bombalarga qarshi yerto`lalardan
foydalanishgan. Xozirga kelib
bunday yerto`lalar yaroqsiz
bo`lib qolganini barcha
biladi.Bu vaqtda olimlar shu
xususda yangi texnologiyalar asosida turli kashfiyotlar olib
borishmoqdaki, agarda oxir
zamon boshlansa biz tirik
qolamizmi, degan savollarni
o`zlariga berishdan
charchashmayaptilar. O`zining bu kashfiyoti uchun
bir pul xam olmagan
Yevgeniy Ubiyko bor kuchi
bilan o`zining kashfiyotini
ishlab chiqarishga xarakat
qilmoqda.Yevgeniy faqat bir xoldan qo`rqardi: "
Ulgirmikanman?”. YEVGENIY UBEYKO
QO`RQMOQDA. Kashfiyotchi fikriga ko`ra,
qadimgi mayya xalqi
insonlarga yuborgan
bashoratida ogoxlantirishiga
ko`ra, ya’ni bizning davrgacha
yetib kelgan manbalarga tayanadigan bo`lsak, ming-
ming yillar avval qadimgi
xindu xalqi mayya qabilasi
yetkazgan xabarga binoan
ular tuzgan yil sonomasiga
ko`ra bizning eramizning tugashi 2012 yilning 21
dekabriga to`g`ri kelar ekan.
Yevgeniy Ubiyko fkriga ko`ra
" 2012 " filmiga o`xshash
birinchi 15 daqiqada yer
yuzining ko`p qismi ulkan vulqonlar daryosiga aylanadi.
Ko`p qavatli imorat va binolar
vayronaga aylanadi. Yer
yorilib yerdan vulqon lavalari
qalqib chiqadi, ulkan 500
metrli balandlikka ega bo`lgan suv to`foni soatiga 500km/
soat tezlikda xarakatlanib
shaxarlarin ko`pib yuboradi.
Shunday ofatlar yer yuzida
ro`y berishi xaqida qadimgi
xalqlar ming-ming yillar avval ogoxlantirib o`tishgan.
Yevgeniy Ubiyko
ta’kidlashicha bunday global
ofatlar to`g`risida xazirda
topilgan ko`pgina topilmalar
va manbalar buni rostligini anglatmoqda. Yer yuzi gravitatsion
minimuni tashkil etadi, deya
ta’kidlaydi kashfiyotchi.
Bunday kritik nuqtaga yetib
kelish esa 2012 yil 21 dekabrga
kelib ro`y beradi. Bunda sayyoralar quyosh oldida bir
chiziq bo`ylab joylashadi.
Sayyoralar aro kuchli
gravitatsion bo`ronlar bir –
birini so`ndiradi. Eng
daxshatlisi bu yadro qurollarini sinovdan
o`tkazishlar, texnogen
portlashlar, yoki oddiy yer
qimirlashlar, meteoritlar xavfi
yer yuzini o`z o`qi atrofidan
chiqib ketishiga olib keladi. Yerning o`z o`qi atrofida
teskari tomonga aylanishi
bunda shimoliy qutb
AQSHning shimoliy shtatlarida
paydo bo`lishi, Ekvator esa
Moskva atrofida paydo bo`lishi mumkin. Bunday
ofatdan faqat 0.5% insonlar
tirik qolishi mumkin, deydi,
kashfiyotchi. Bu xaqda
Gerodotni bundan bir necha
asr muqaddam tarixchilar va astronomlar xayratga
soldirgan, qadimgi gilyaliklar
va Amur nanaylaridan bizni
davrgacha yetib kelgan
topilmalar ushbu xaqda
ma’lumot bermoqda. Bunday global kataklizm
xamma joyda xam ro`y
bermaydi deya
ta’kidlashmoqda olimlar.
Ubiykoning fikricha Shimoliy
Kanada va Sharqiy Sibir bunday ofatlardan jabr
ko`rmas ekan. Lekin,
kashfiyotchi olim 2012 yil 21
dekabr Omsk shaxriga billet
olmoqchi emas. Balki shuning
uchun men mini batiskaf ixtiro qildim deydi olim. Bu
batiskaf ichida nafaqat oyda,
balki suv va qaynoq lava
bossa xam 40 sutkalik
kislorod zaxirasi yordamida
jon saqlash mumkin. Kashfoyotchining batiskafi
o`ta ingichka bazaltlangan
to`qima xatto radiatsiyani,
bazaltlangan issiq izolyatsiya,
mustaxkam temir, epoksidli
saqich mumlar xatto Chernobil portlashiga, ximik avariyaga
dosh bera oladi. Shunday
modul Rossiyani Saeno –
Shushens GESida yoki 2004 yil
Indoneziyada ro`y bergan
to`fonda bo`lganida insonlarni saqlab qolgan bo`lar edi deya,
ta’kidlaydi olim. AQSHda bunday qutqaruv
kashfiyotlar ishlab chiqarilib
sotilmoqda. Lekin, ularda
kamchilik tomoni suvda suza
olmas ekan. Rus batiskafi esa
nafaqat suvda suzadi, balki qotib qolgan lava ichida xam
omomn qolish imkonin berar
ekan.Agar bunday batiskafni
seriyali ishlab chiqishni yo`lga
qo`ysam deydi, Ubeyko uning
narxi 750 000 rubl, ya’ni eng qimmatbaxo xorij avtomobili
narxida bo`lar ekan. Yevgeniy Ubeykoni bunday
kashfiyot qilishiga " 2012 "
filmi undadi deb
aytaolamaymiz. Sababi u
qadimgi Mayya qabilasi
aytgan bashoratga ishonar ekan. Bundan tashqari bu
bashorat xaqida nafaqat
Mayaliklar balki boshqa olim
va tarixchilar xam o`z
fikrilarni bayon etib
qoldirishgan. TROYANSKLI MANUSKRIKT. O`tgan asrda yashab fransuz
olimi Braser de Burbur
qadimgi mayya xalqining
yozuvini o`qishga muvaffaq
bo`lgan. Troyanskli manuskrikt
Yukatanda topilgan bo`lib,
xozirda bebaxo topilma
xisoblanadi va Britaniya
muzeyida saqlanib kelmoqda.
Bu topilmada qadimgi xalqilar to`xtovsiz davom etgan
daxshatli zil-zilalar oqibatida,
ya’ni bundan 8060 yil
muqaddam millionlab
odamlarni xalok bo`lgani
xaqida ma’lumot qoldirgan. KORTEKS KODEKSI. Ikkinchi qadimgi manuskrikt
ya’ni qo`l yozma mayya
"Korteks Kodeksi "
Madridning milliy muzeyida
saqlanib turibdi. Bu qo`l
yozmada esa bir kechada yer yuzining qattiq silkinishi
natijasida btun yer yuzini suv
bosishi xaqida ma’lumotlar
keltirilib o`tilgan. QUYOSH TOSHI. Lekin, asosiy dalil esa mayya
xalqining yozuvi Meksikaning
antropologiya muzeyida
saqlanadi.Bu mashxur "
Quyosh Toshi " kalendar ya’ni
yil solnomasidir. Yevgeniy Ubeyko ta’kidlashicha, ulkan
monolit tosh diametric 3,5
metr va og`irligi 24,5 tonnadir.
Olimlar ushbu toshni o`qishga
xam muvaffaq bo`lishdi. Unga
ko`ra: yer yuzida 4 ta sivilizatsiya vakillari xayot
kechirishgan. Xar bir
sivilizatsiya vakillari ulkan
katalizmlar va global ofatlar
natijasida xalok bo`lishgan. - Birinchi sivilizatsiya vakillari
4008 yil umr ko`rishgan va zil-
zila oqibatida yo`q bo`lib
ketishgan. - Ikkinchi sivilizatsiya
vakillari 4010 yil xayot
kechirib kuchli dovul va
Siklon oqibatida xalok
bo`lishgan. - Uchinchi sivilizatsiya vakillari
4018 yil yashab ulkan vulqon
kraterlaridan otilib chiqqan
olovli yomg`ir natijasida
xalok bo`lgan. - To`rtinchi sivilizatsiya
vakillari 5026 yil umr
ko`rishib, butun yer yuzini
suv bosishi natijasida yo`q
bo`lib ketishgan. Biz esa beshinchi sivilizatsiya
vakillari xisoblanar ekanmiz.
Bizni beshinchi quyosh yoki
quyoshli xarakat deb
etashadi. Shuning uchun bu
erada yerning xarakati teskari tomonga qarab xarakatlanishi
kutilmoqda. Bu esa o`z
navbatida oxir zamon bo`ladi
degan mish-mishlarin yuzaga
keltirib chiqarmoqda. Shuni
ta’kidlash kerakki " 2012 " vaximasi bir vaqtlar, 13
raqami kabi vaximalarni
yuzaga keltirayotgan bo`lsa
ajabmas. Sababi oxir zamon
faqatgina g`arb
mamlakatlarning vaximasidan o`zga xech narsa emas.
Qiyomat qoyimni faqatgina
yaratgan qilaoladi. O`sha kun
bugun yoki ertaga, balki
indinga xam bo`lishi mumkin.
Lekin yevropa mamlakatlari aytgan vaqtda yuz bermasligi
aniq.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 483 | Добавил: MR_ANONIM | Теги: www.fakultet.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]