menu
person

03:54:15
YOLG`IZ AYOL NOLASI
YOLG`IZ AYOL NOLASI

Umr yo`lim o`ngu-so`lida,

Yolg`izlikni saxro cho`lida,

Biz uchrashdik taqdir yo`lida,

Dillarimiz bo`ldilar payvand,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Hayot shirin derdilar axir,

Meni esa hayotim taxir,

Yo`q demadim, qilmang deb qahr,

Ho`p deganim sababi albatt,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Bag`rim ochib turaman bir pas,

Siz nafsingiz qondirsangiz bas,

Demang meni faqat esi past,

O`rtamizda oddiy haqiqat,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

So`rasangiz beraman borim,

Tinglamaysiz dildagi zorim,

Bo`lsangiz ham omonat yorim,

Vujudimni aylagansiz band,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Sevaman deb aytasiz yolg`on,

Asli sizni sevgan men nodon,

Ey yolg`onchi bo`lingiz omon,

Takror, takror aytaman faqat,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Siz birovni yori, bilaman,

Bilib turib bag`rim tilaman,

Na ilojman, nima qilaman?

Yuragimni qiynaydi shu dard,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Qachongacha shunday yuramiz,

Pinxonlarda suhbat quramiz,

Nasib qilsa bir kun ko`ramiz,

Mayli, mayli qilaman toqat,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.
Категория: sms sherlar | Просмотров: 561 | Добавил: _Salima_Shumtaka_
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]